okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati
Shimoliy Muz okeani deb atadi.
Iqlimi Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni
(yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy
qismida o‗rtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba‘zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi
ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, g‗arbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha
ko‗tariladi. Bulutli va tumanli kunlar ko‗p bo‗ladi. Yog‗in, asosan, qor shaklida yog‗adi.
O„simliklari va hayvonot dunyosi Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal
rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham.
Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman
bo‗lib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‗asi, piksha va boshqalar ko‗p uchraydi.
Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Muzliklari Shimoiy
muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning o‗ndan to‗qqiz qismi
muz bilan
qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar bo‗ladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr
qalinlikdagi ko‗p yillik
muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming km.
kubni tashkil etadi. Arktika havzasida ko‗chib yuruvchi
muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil
etadi. Biroq so‗nggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani
aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti
tomonidan sun‘iy yo‗ldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki,
muz maydonlar o‗rtacha
hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070 yilga borib qutb muzliklari yoz davrida
butunlay yo‗qolib ketishi bashorat qilinmoqda.