17 mashg‟ulot
I. Mavzu:
Atlantika okeani.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b)
Tarbiyaviy
O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi:
Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Asosiy xususiyatlari.
Barcha yarimsharlarda joylashgan. Buyuk geografik kashfiyotlar shu
okeandan
boshlangan, qirg‘oqsiz dengizi bor,
afsonalarga boy, meridional yo‘nalgan eng uzun
O‘rta okean tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko‘p, eng sersuv va eng
uzun daryolar
shu okeanda kuzatiladi, materiklar dreyfi gipotezasiga asos bo‘lgan, dengiz
transportida dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Geografik o’rni.
Atlantika okeani to‘rtta materik orasida joy-lashgan.
Shimoldan janubga
12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning eng keng joyi mo‘tadil kengliklarga (9450 km) va
eng tor joyi (2620 km) shimoliy qismiga to‘g‘ri
keladi. Qirg‘oqlari Shimoliy yarimsharda kuchli par-chalangan, Janubiy
yarimshardagi sohillari
ancha tekis.
O’rganish tarixi.
Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra,
yelkasida osmon gumbazini
ko’tarib turuvchi pahlavon
) atamasi bilan bog‘-liq. Dastlab 1507-yilda
geografik xaritaga
“Atlantika okeani”
nomi yo-zilgan. Atlantika okeani dengizlari qirg‘oqlarida – Qadimgi Gretsiya,
Kar-fagen, Misr, Skandinaviyada dastlabki port-shaharlar vujudga kelgan. Miloddan oldingi
davrlarda
finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb, J. Kabot, Vasko da Gama, F.
Magellan, J. Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma‘lumotlar berdi.
Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlanadi.
“Chellenjer”
kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalqaro geofizika yili (1957-1958), Jak
Iv Kusto ekspeditsiyasi
davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taaluqli juda ko‘p ma‘lumot to‘plandi. Hozir
ham bir qator mamlakatlarning ilmiy ekspeitsiyalari
iqlim xususiyatlarini, okean tubi relyefini,
organizmlarini o‘rganmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: