3. Murakkab fe’llar mustaqil va yordamchi (ko‘makchi) fe’l-larning analitik shakli asosida shakllanadi. Bunda aslida mustaqil lug‘aviy ma’noli bo‘lgan ikkinchi fe’lning grammatikalizatsiyalashu-vi sodir bo‘ladi: yuvib bo‘lmoq, ko‘rib qolmoq, bilib olmoq kabi.
4. Juft va takroriy fe’llar. Fe’llarning juft va takroriy shakllari ham mavjud. Ular quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Fe’lning turli ma’nolarga ega bo‘lgan analitik shaklini hosil qiladi: a) bir xil gammatik shaklga ega bo‘lib, fe’lning yetakchi ko‘makchi shaklini hosil qilib turli modal ma’nolar ifodalaydi: aytdi-qo‘ydi, yozdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi; b) qismlari turli gammatik shaklga ega bo‘lgan mustaqil fe’llar takrorlanib, harakatni ta’kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi: aytsam-aytay, borsang-bor, ketsang-ket, olsang-ol.
2. Nutq jarayonida boshqa turkumga ko‘chgan (konversiyaga uchragan) holda ishlatiladi: a) fe’llarning juft va takorlanishi natijasida otga xos ma’no hosil qiladi: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, dedi-dedi, keldi-ketdi; b) ravishga ko‘chadi: uzul-kesil, ag‘dar-to’ntar, bilinar-bilinmas, bora-bora, turib-turib, ura-sura, qotib-qotib.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
-
Fe’lning vazifadosh shakllarini tavsiflang.
-
Ravishdosh va uning turlarini vujudga keltiruvchi shakllar haqida ma’lumot Bering.
-
Sifatdosh va uning zamonga munosabatini ko‘rsatuvchi shakllar xususida nimalarni bilasiz?
-
Harakt nomi va uni vujudga Keltiruvchi shakllar haqida ma’lumot Bering.
-
Fe’lning modal ma’no ifodalovchi vositalari va ularning turlarini tavsiflang.
-
Ko‘makchi va yetakchi fe’llar, ularni birktiruvchi shakllar xususida gapiring.
-
Fe’lning tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Dostları ilə paylaş: |