1. Assimilyatsiya. Qator kelgan noo‘xshash nutq tovushlarining bir-biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisini o‘ziga moslashtirgan holda, o‘xshash tovushga aylanishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi:
Progressiv assimilyatsiya. Talaffuz jarayonida oldingi noo‘xshash tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani progressiv assimilyatsiya deyiladi: ket+di=ketti, ot+dan=ottan, yet+di=yetti, to‘k+gan=to‘kkan, buyruq+ga=buyruqqa, yurak+ga=yurakka.
Regrissiv assimilyatsiya. Keyingi noo‘xshash tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani regrissiv assimilyatsiya deyiladi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, tuz+siz=tussiz, bir+ta=bitta, non+voy=novvoy.
2. Dissimilyatsiya. So‘zning bir o‘rnida yoki turli o‘rinlarida o‘xshash tovushlarning talaffuz paytida noo‘xshash tovushga aylanishi dissimilyasiya Deyiladi. Dissimilyasiya ham assimilyatsiya hodisasi singari ikki turga bo‘linadi: