Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Kasbiy qiziqish
– o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunar asoslarini 
o‘rganishga bo‘lgan intilishi, havasi. 
Kasbiy qobiliyat –
o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar yo‘nalishida 
amaliy faoliyatni tashkil eta olish layoqati. 
Kontent-tahlil metodi
(inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks ettirilgan 
turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini 
sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli.
“Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”)
– rivojlanishda jismoniy 
yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish 
metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish 
jarayonini boshqarishni o‘rganuvchi fan. 
Korreksion faoliyat –
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi 
yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini 
qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat.
Korreksiya
(yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish)
– 
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal 
bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to‘liq 
tuzatilishi.
Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) – 
o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan 
og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda 
umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi 
shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus 
hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarning ko‘rilishi. Korreksiyalashda 
o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida u bilan individual 
ishlash ham foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda quyidagi usullar 
qo‘llaniladi: 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin