Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

3. “Oltita rangli qalpoqcha” metodi.
Ushbu metod Edvard de Bono 
tomonidan taklif etilgan. Metod xayolan turli rangdagi oltita qalpoqchani kiyish
yordamida ijodiy jarayonni tartibga solishga imkon beradi. Turli rangdagi 
qalpoqchalar shaxs tomonidan quyidagi harakatlarning tashkil etilishini ifodalaydi:
1) oq qalpoqcha – raqamlar va dalillar tahlil qilinadi;
2) qora qalpoqcha – tegishli masala bo‘yicha faqat salbiy fikrni bildirish;
3) sariq qalpoqcha – muammoning ijobiy tomonlarini izlash;
4) yashil qalpoqcha – yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, ilgari surish;
5) qizil qalpoqcha – muammo yuzasidan o‘zining hissiy kechinmalarini bayon 
qilish;
6) yashil qalpoqcha – natijalarni umumlashtirish
81
.
4. “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi.
Muallifi Fris Svikki 
bo‘lgan “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi o‘z
 
mohiyatiga ko‘ra 
tanlangan ob’ekt unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha 
tarkibiy qismlarga ajratiladi. So‘ngra ular mohiyatan o‘zgartiriladi va qayta 
birlashtiriladi. Natijada yangi ob’ekt paydo bo‘ladi. Mazkur metod XX asarning 
30-yillarida shveyratsiyalik astrofizik Fris Svikki (Fritz Zwicky) tomonidan 
asoslangan. Grafik organayzer g‘oyasini asoslashda Fris Svikki quyidagi misolni 
keltiradi: parfyumeriya kompaniyasi uchun yangi tashrif qog‘ozini tayyorlash talab 
qilinsin. Odatdagi to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘ladigan tashrif qog‘ozi shakli 
o‘zgartilib, yoqimli hid tarqatuvchi uchburchak 
holatda tayyorlansa, uning shaxs ongiga ta’siri boshqacha bo‘ladi
82
.
Qariyb bir asrdan “Morfologik quti” metodi – ob’ektning tarkibiy tuzilmasini tahlil 
qilishga asoslanuvchi metod bo‘lib, u qabul qilingan qarorning nazariy 
imkoniyatlarini ifodalovchi barcha variantlarni tizimlashtirishni taqozo etadi. 
Ma’lumki, odatda qutilarga narsalar muayyan tartib bilan joylashtiriladi. Agarda 
quti katta hajmli bo‘ladigan bo‘lsa, unga bir necha turdagi narsa, buyum yoki 
jihozlar turiga qarab, alohida-alohida joylashtirildi. Ya’ni qutida narsalarga 
ularning turi bo‘yicha ma’lum joy ajratiladi. Muammoli vaziyatlarni tadqiq qilish 
va yechimlarni tanlashga xizmat qiluvchi ushbu metodning didaktik ahamiyati 
shundaki, u muayyan jarayon, tur, hatto sohalar bo‘yicha ham tizimli fikrlash, 
g‘oyalarni tahlil qilish, jarayon, tur, hatto sohalarning umumiy mohiyatini 
yorituvchi har bir holatni ko‘rib chiqish imkonini beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra 
tahliliy xarakterga ega ushbu metod tizim va uning tarkibiy asoslari to‘g‘risidagi 
fikrlarni ham oydinlashtirishga yordam beradi.
81
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= 
popup &utm_campaign=archive.
82
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= 
popup &utm_campaign=archive.


92
Ayni o‘rinda “Morfologiya” tushunchasining mohiyatini yetarli darajada 
anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin