Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə189/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:


1-vaziyat. O‘rta guruh bolalari kechqurun aylanishga to‘planadilar. Shohruh va Maftunalarning kiyim-kechak javonchalari yonma-yon joylashgan. Bu ikki bola urishadilar, bir-birlariga xalaqit qiladilar. Vaziyatni yengillashtirish maqsadida tarbiyachi, bolalarga qulay bo‘lishini ko‘zlab stulchalarni uzoqlashtiradi, lekin bolalar tortishuvni davom ettiradilar.
Muammo: Nima qilish kerak?
1-variant. Shohruhga haqiqiy janob sifatida qizchaga joyni berishni taklif etish. Unga haqiqiy erkaklar o‘zlarini xudi shunday tutadilar, deb aytish.
2-variant. Maftunaga urishmaslikni, o‘zining narsalarini olib boshqa joyga o‘tishni taklif etish.
3-variant. Agar bolalar javonchalar uchun doimo urishayotgan bo‘lsalar, u javonchalarining joyini “almashtirib qo‘yish”ga harakat qilib ko‘rish.
5-vaziyat. Bog‘cha bolalari ota-onalarini bolalar maydonchasida kutib oladilar. Ota-onalar kelgunlariga qadar bolalar “Quvlashmachoq” o‘ynaydilar. Shohruh va Muxlisa yugurish mobaynida to‘qnashib ketadilar va bir-birlariga tashlanishadilar. Muxlisa yig‘lab tarbiyachi oldiga keladi va Shohruh itarib yuborganini aytadi.
Muammo: Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?
1-variant. Bolalarga avvaldan o‘yin qoidalarini, shuningdek, o‘yin mobaynida rioya etiladigan xavfsizlik qoidalarini tushuntirish lozim. Yugurayotgan bolalar oldilariga qarab yugurishlari va boshqa bolalar bilan to‘qnashib ketmasliklari uchun ulardan o‘zlarini olib qochishlarini aytish kerak.
2-variant. Agar to‘qnashuv sodir bo‘lgan bo‘lsa, aybni boshqaga to‘nkash kerak emas. Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o‘yinni to‘xtatish va bolalarni tinchlantirish lozim.
3-variant. Bu holat qanday sodir bo‘lganligini aniqlash uchun o‘ynayotgan boshqa bolalarga murojaat qilish zarur. Bolalarni tinchlantirish va yupatish, so‘ngra yugurish mobaynida rioya etiladigan o‘yin xavfsizligini eslatish kerak.


2-vaziyat. Muxlisa (6 yosh) bolalar bog‘chasining maktabga tayyorlash guruhiga qatnaydi. U o‘qishni, yozishni biladi, o‘yin tushishni, ashula aytishni, ifodali o‘qishni yaxshi ko‘radi. Onasi undan, Muxlisa esa o‘zidan faxrlanadi. Kunlardan bir kuni, Muxlisa onasi bilan uyga keta turib, onasiga: “Ertaga bog‘chaga bormayman! Men javob bera olmasligim uchun, tarbiyachi opam, nuqul menga boshqa bolalarga qaraganda murakkab vazifalar
beradi”, -dedi.
Muammo: Ona Muxlisaning gaplaridan qanday ta’sirlanishi zarur?
1-variant. Muxlisaga ta’sir qilgan bolalar bog‘chasidagi mumkin bo‘lgan sabablarni o‘ylab ko‘rish.
2-variant. Qizining fikriga qo‘shilish: «To‘g‘ri, sen eng aqlli qizimsan-ku. Agar javobni bilmasang, kel, ikkalamiz birgalikda aniqlaymiz (mumkin bo‘lgan axborot manbalari)», deb aytish.
3-variant. E’tiborni qaratish! Balki Muxlisani haddan tashqari maqtash unda dastlabki vaqtlardagi muvaffaqiyatsizliklarga ishonchsizlik uyg‘otgandir.
7-vaziyat. Alisherning xotirasi juda yaxshi. Shuning uchun, u axborotlarni, matnlarni, qo‘shiqlarni osongina yod oladi. Bayramlarni o‘tkazish vaqtida Alisher o‘zining rolini o‘ynash bilan birga, boshqa bolalarning roliga suflyorlik qiladi, bu bilan boshqa bolalarning o‘zlarini namoyon qilishlariga xalaqit beradi, bayramning borish qoidasiga xilof ish qiladi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin