Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə187/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq zanjiri deb yuritiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi burchlari ierarxiyasini, ya’ni bilim darajasiga ko‘ra darajama-daraja bevosita yordam berish yoki konsultatsiyalar tashkil etish, bilim saviyasini tartibini o‘rnatish o‘quvchilarning o‘zaro xarakatlarini, ta’lim jarayoniga bog‘liq axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
Agar ikki yoki undan ko‘proq o‘quvchilar o‘rtasida u yoki bu vazifa yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday ixtilofni ularning shu sohadagi o‘qituvchiga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo‘l keladi.
Maqsadli guruhlar va yo‘nalishlararo majlislarni integratsiya­lash ham juda katta ahamiyatga ega.
Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Rag‘batlantirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo‘lish hamda o‘quvchilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun rag‘batlantirish tizimi keng qo‘llaniladi. Ta’lim jarayonida erishgan yutuqlari, tashkiliy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan, muammoning yechimiga kompleks yondoshib yon atrofdagilarga yordam ko‘rsatishga harakat qilganlar albatta:
tashakkurnoma;
mukofot;
maqtov yorlig‘i kabilar bilan taqdirlanishlari lozim.
Bu o‘rinda faqat rag‘batlantirish emas, balki g‘ayri qonuniy yo‘l tutgan, yoki ta’lim muassasi manfaatiga zid xatti-harakat qilgan o‘qituvchi va o‘qivchilarga tegishli jazolarni belgilash ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidlamoq joizdir.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlanish. Malakali va tajribali pedagog janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqganda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning bilim darajalari uzoq bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Agar nizoning sub’ektiv sabablar tufayli bo‘lgan bo‘lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-muloxaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo‘q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag‘lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho‘ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi "yara gazak " oladi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin