Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Auditoriyaning xabarga turlicha reaksiya bildirishi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə206/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Auditoriyaning xabarga turlicha reaksiya bildirishi:
1) agar xabar shunga muvofiq fikrlar keltirib chiqarsa, u ishontiradi;
2) agar xabar kontrargumentlar (asil dalil-isbotlar) to‘g‘risida o‘ylab qolishga majbur qilsa, avvalgi fikrni o‘zgartirish murakkabroq kechadi;
3) hozir ishonarli bo‘lmagan xabar kelib tushishi to‘g‘risidagi ogohlantirish aksil dalil-isbotlarni rag‘batlantiradi (kuchaytiradi) va uning ishonarlilik darajasini pasaytiradi;
4) auditoriya e’tiborini ehtimol tutilgan e’tirozlarni bartaraf etish darajasida chalg‘itishning imkoni bo‘lsa, munozara(bahs)li xabarning ishonarliligi ortib boradi.


Fikrlash jarayonlarini rag‘batlantirish usullari:
1) ritorik savollar, kommunikatorlar qatori (barcha uch dalil-isbotni keltiradigan bitta notiq o‘rniga bittadan dalil keltirgan uch notiqning ketma-ket chiqishi);
2) xabarga baho berganlik yoki unga nisbatan e’tiborsizlik uchun mas’uliyat hissini paydo qilish;
3) notiq tomonidan erkin holat(poza)larni, ko‘p marotaba takrorlashlar va auditoriyaning tarqab ulgurmagan e’tiborini jalb qilish uslublarining qo‘llanishi.
Konfliktli vaziyat sharoitida qaror qabul qilish jarayoni
Konfliktni hal qilishkonfliktni keltirib chiqargan sabablarni to‘liq yoki qisman bartaraf etish, yoxud konflikt ishtirokchilari maqsadlarini o‘zgartirishdan iboratdir.
Konfliktli vaziyatni hal qilishdagi qiyinchiliklar quyidagilardir:

  1. axborot yetishmasligi – nizolashayotgan taraflar konfliktni hal qilish uchun barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lmagan jarayon;

  2. kommunikatsiyalar cheklanganligi – axborot almashinish ishtirokchilarini o‘zaro bog‘lab turgan kanallar yetishmasligi.

Konfliktli vaziyatni hal qilish:
1. Konflikt mavjudligini tan olish. Opponentlarning qarama-qarshi maqsadlari, uslublari mavjudligini e’tirof etish, ana shu ishtirokchilarni o‘zini aniqlab olish. Ba’zan konflikt ko‘pdan mavjud bo‘lishiga qaramay, ammo u ochiq e’tirof etilmagan bo‘lib, har bir tomon boshqa tarafga ta’sir ko‘rsatish yo‘li va uslubini tanlaydi hamda yuz bergan vaziyatdan chiqib ketishning iloji yo‘q.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin