Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə285/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Uzoqlanish. Malakali va tajribali pedagog janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqganda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo‘llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning bilim darajalari uzoq bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Agar nizoning sub’ektiv sabablar tufayli bo‘lgan bo‘lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-muloxaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo‘q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag‘lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho‘ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi "yara gazak " oladi.
Silliqlashish. Bu usul o‘quvchilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan xushmuomalali bo‘lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni "qaltis tebratish " yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash bu o‘qituvchi o‘quvchiga xohish-irodasini, so‘zini majburan, zo‘rlab qabul qildirishdir. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchining fikri bilan qiziqmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan pedagog tajavvuzkorlik bilan o‘z xohishinio‘quvchiga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq pedagog ta’lim olish jarayonida sust qatnashadiganlarga nisbatan qo‘llashadi.
Majburlash strategiyasi tashabbusni bug‘adi, ta’lim jarayonida "ruhiy iqlim" ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori kattaroq o‘quvchilarga, nisbatan yosh o‘quvchilarda nafrat uyg‘otadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti — bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan yuz bergan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin