Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Nutq boyligi - nutq chiroyligi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə83/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Nutq boyligi - nutq chiroyligi. Nutq boyligi fikrni ravon, jozibali, e’tiborli qabul qilinishiga zamin hozirlaydi.
So‘z boyligi bo‘lmagan o‘quvchi nutqda duduqlanadi, «haligi, nimaydi, anaqa, o‘sha» kabi so‘zlarni qo‘llaydi, takrorlarga yo‘l qo‘yadi. Chaynalish, so‘z takrori esa o‘quvchining so‘z boyligi sustligidan dalolat beradi. Badiiy va ilmiy manbalarni o‘qish, o‘quvchilar nutqini tinglash, eshitganda ham e’tibor bilan o‘rganish nuqtai nazaridan qabul qilish ayni muddaodir.
Ko‘p so‘z zahirasiga ega bo‘lishlik va undan unumli, o‘rinli foydalana olishlik o‘qituvchi nutqiy mahoratining muhim belgisi.
So‘z takrori ezmalik va so‘zga kambag‘allikdir. Arab afsonalaridan birida aytilishicha, Vayl degan shahzodaning o‘g‘li Sahbon bitta so‘zni ikki marotaba qaytarmagan holda bugun yil bo‘yi gapirishga qobil bo‘lgan ekan.
So‘zlarning xarakteriga ko‘ra turlari, ya’ni sinonimik, omonimik, antonimik xususiyatlarini bilish nutq chiroyini belgilaydi. O‘quvchilar nutqiy nafosatning ana shu jihatlarini ko‘p ham his etavermaydilar.
«Hammaning diqqat-e’tiborini yana bir diqqatga sazovor musobaqaga qaratmoqchimiz» («Davr» dasturidan.)
Shu fikrni so‘z takrorisiz bunday ifodalash mumkin-ku.
«E’tiboringizni yana bir muhim musobaqaga tortamiz».
Demak, takror, aniqrog‘i, bemaqsad aytilgan takror so‘z oqibatsizdir. Shoir bu borada «takror aytilganda rangsizdir kalom», - deyishi bilan haqli.
Yuqorida nutqning asosiy xususiyatlariga umumiy yo‘sinda to‘xtab o‘tildi. Shulardan kelib chiqqan holda quyidagilarni qayd etish mumkin.
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir.
Nutqning aniq bo‘lishi undagi so‘zlar, so‘z birikmalarining ma’nolari ular ifodalagan tushunchalar ko‘lamiga mos kelishidir.
Nutqning mantiqli bo‘lishi undagiso‘zvaso‘z birikmalari ma’nolarining o‘zaro munosabati mantiq va tafakkur qoidalariga muvofiq kelishidir.
Nutqning tozaligi adabiy tilga yot bo‘lgan o‘zlashmagan so‘zlar, gapqurilishlarining qo‘llanmasligidir.
Nutqning ta’sirli bo‘lishi so‘zlovchining tinglovchi ongini tamomila egallab, o‘ziga, so‘ziga maftun, tobe’ qilib qo‘yishidir.
Nutqning jo‘yaliligi deganda, o‘z joyida, o‘z vaqtida, o‘z janri, shaklu shamoyilida, o‘z uslubida aytiluvchi, ma’lum sharoit yoki vaziyatga mos bo‘lgan nutq anglashiladi.
Nutqning soddaligi esa tinglovchining tushunishini osonlashtirishga xizmat qiluvchi til tuzilishiga ega bo‘lgan nutqhisoblanadi.
Nutqning qisqaligi deganda, qabul qiluvchini zeriktirmaslik, oz so‘z orqali ko‘p fikr yetkazish, ma’lumot berishlikni nazarda tutishdir.
Nutqning ifodaviyligi deganda, til vositalarini tanlab topib qo‘llash, joylashtirish, tomoshabinni ongigagina ta’sir etib qolmasdan, unga his-hayajon baxsh etish, uni qiziqtirish nazarda tutiladi.
Nutqning boyligi unda ko‘p va har xil adabiy til belgilaridan, ifoda vositalaridan takrorsiz foydalanishdir.
Biz yuqorida nutqning asosiy xususiyatlariga to‘xtaldik. Nutqiy madaniyat faqat shu bilan cheklanmaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, har qanday tanganing ikkinchi yoni bo‘lganidek, nutqiy mahoratning ham ikkinchi tomoni bor. Bu nutqiy texnikadir. Har ikkalasini puxta bilib, amalda qo‘llay oladigan pedagogdoim muvaffaqiyat qozonadi. Nutq vositalari deya yuritiluvchi nafas, ovoz, tembr, diksiya, ypg‘y, pauza (to‘xtam), intonatsiya, temp va ritm keng ma’noda nutq texnikasini tashkil etadi. Bulardan o‘rinli va unumli foydalanish maqsadning ro‘yobini tashkil etadi.



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin