MINERALLARNING QATTIQLIGI – minerallarning tashqi mexanik kuchga (tirnashga yoki boshqa) qarshilik korsatish darajasidir.
Qattiqligini mineralning yangi yuzasida aniqlash kerak. Nuragan minerallar, mayin va tuproqsimon minerallar agregati notogri va kam qattiqlikni korsatadi. Quyida Moos shkalasidagi 10 ta etalon minerallarni jadvalini keltiramiz 1-jadval.
Minerallarning qattiqlik shkalasi 1-jadval
Etelon minerallar
MOOS shkalasi bo`yicha qattiqligi
Qattiqligini MOOS shkalasida aniqlash
Talk
Mg2 [OH]2[Si4O10]
1
Qo’lga yog’dek unnaydi
Gips
CaSO4 2H2O
2
Qog’ozga chizadi, tirnoq bilan chizsa bo’ladi
Kaltsit
CaCO3
3
Miss simni chizadi
Fluorit
CaF2
4
Miss sim va oynada chizmaydi
Apatit
Cas[RO4]3 (Cl,F,OH)
5
Oynani bilinmas chizadi
Ortoklaz
K[AlSi3O3]
6
Oynani chizadi
Kvarts
SiO2
7
Oynani oson chizadi
Topaz
Al2[SiO4]F,OH]2
8
Oynani deyarli kesadi
Korund
Al2O3
9
Oynani kesadi
Olmos
C
10
Oynani osongina kesadi
1 - Тalk
2 - Gips
3 - Kaltsit
4 - Fluorit
5 - Аpetit
6 - Оrtoklaz
7 - Кvarts
8 - Тopaz
9 - Кorund
10 - Olmos
ULANISH TEKISLIGI - mineralning ma`lum kristallografik yo`nalishi bo`ylab oynadek yaltiroq tekis yuza hosil qilishi. Ulanish tekisligi, uncha mayda bo`lmagan minerallar donalarida aniqlanadi.
Ulanish tekisligi minerallarda quyidagicha bo’lishi mumkin:
bir tomonda - slyuda, gips;
ikki tomonda - dala shpati, proksen, amfibol (prizma bo‘ylab);
uch tomonda - kaltsit (romboedr bo‘ylab), galenit (kub bo‘ylab);
to`rt tomonda - florit (oktaedr bo‘ylab);
olti tomonda - sfalerit (rombododekaedr bo‘ylab).
Ulanish tekisligi turlari 2-jadval
Ulanish tekisligi tiplari
Hosil bo‘lishi
Misollar
O‘ta mukammal
Mineral juda osonlik bilan ayrim plastinkalarga ajraladi
Slyuda, talk, xloritlar
Mukammal
Mineral ulanish tekisligi va boshqa tomonlar bo`ylab ajraladi
Kalsit, galit, dala shpatlari
O`rtacha
Mineral kamdan-kam ulanish yuzasi bo`ylab parchalanadi