102
8.3. Uglevodorodlarni izomerlash jarayoni
Izomerlash jarayonining mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini
mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o‘zgarishi hisoblanadi.
Katalitik izomerlash jarayonining yuqori oktanli benzin komponentlari ham
neft kimyosi sanoati uchun xom-ashyo olishga mo‘ljallangan.
Jarayon xom-
ashyosi sifatida n-butan, boshlang‘ich qaynash harorati 52
0
S bo‘lgan yengil,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydashdan olingan fraksiyalar, katalitik riforming rafinatlari:
n-pentan, n-geksan yoki ularni gazlarni fraksiyalash
vaqtida ajralgan
aralashmalari ishlatiladi.
Asosiy katalizatorlar sifatida Fridel – Kroft katalizatori, volfram sulfidli
bifunktsional, nodir metall steolit tarkibli va kompleks katalizatorlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda platina yoki palladiyli bifunktsional
katalizatorlardan
foydalanish keng tarqalgan.
Izomerlash jarayoni rejimi qo‘llaniladigan katalizatorlarga bog‘liq holda
har-xil intervallarda o‘zgarishi mumkin.
Harorat,
0
S ........................................................................................ 0-480
Bosim, MPa ................................................................................... 1,4-10,5
Vodorodning xom-ashyoga nisbati .....................................................(2-6):1
Xom-ashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat
-1
........................................ 1,0-6,0
Jarayonda izomerizatning chiqishi 93-97% (mass), oktan soni 88-92 (tadqiqot
usulida) teng. Yonaki mahsulot quruq gaz bo‘lib, yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Izomerlash qurilmasi rektifikatsiyalash va izomerlash bloklaridan iborat.
Rektifikatlash blogida izomerlashga yuboriladigan xom-ashyo oldindan pentan
va geksan
fraksiyalariga ajratiladi, shundan so‘ng olingan mahsulotni
barqarorlashtirish orqali undan tayyor izopentan va izogeksanlar ajratiladi.
Izomerlash blogida esa izomerizatlar olinadi.
8.3-rasmda tarkibi 27,5% izopentan, 44% n-pentan va 26,2% izogeksanni
ftor bilan promotorlangan alyumoplatinali katalizator
orqali olishdagi
izomerlash qurilmasi texnologik sxemasi keltirilgan. (Xom-ashyo boshlang‘ich
qaynash harorati 62
0
S dagi fraksiya). Xom-ashyo 17-absorberdan to‘yingan
103
absorbent bilan birgalikda 8- rektifikatsion kolonnaga ajralishga kiritiladi.
Izopentan fraksiyasi 8- kolonna yuqorisidan ajratiladi va keyingi rektifikatsiya
uchun 5-butan kolonnasiga o‘tkaziladi, 8-kolonna pastki mahsuloti 9-pentan
rektifikatsiya kolonnasiga kiritiladi. 9-kolonna yuqorisidan olinuvchi tarkibi
91% (mass) atrofidagi n-pentandan iborat pentan fraksiyasi
vodorod saqlovchi
gaz bilan aralashtirilib, 6-issiqlik almashtirgichda isitiladi va so‘ngra 12- quvurli
pechda qizdirilib, 11-izomerlash reaktoriga kelib tushadi. Pentan kolonnasi
pastki mahsuloti 10-izogeksan kolonnasiga ajratishga yuboriladi.
Reaktsiya mahsulotlari 6-issiqlik almashgichda 7 va 3- sovutgichlarda
sovutilib 2-separatorga tushadi. Separatordan sirkulyatsiyalanuvchi gaz 14-
absorberga
yuboriladi, izomerizat esa 16- kolonnada barqarorlashtirilgandan
so‘ng xom-ashyo aralashmasi bilan aralashgan holda 8-rektifikatsion kolonnaga
jo‘natiladi. Katalizatorni kislotalilik funktsiyalarini saqlash uchun toza vodorod
va sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz oldindan 14-adsorberga NaA
tipdagi seolit qatlamidan o‘tkaziladi. Sirkulyatsiyalanuvchi gazdagi vodorodning
kontsentratsiyasi 80-85%ni tashkil etadi. Katalizator yuza qismida hosil bo‘lgan
koksni har 3-4 oyda kuydirish yo‘li bilan qayta tiklanadi.
Izopentan 17-absorberda barqarorlashtirish gazlaridan ajratiladi,
bunda
absorber yuzasidan geksan fraksiyasi “sug‘orish” hosil qilish uchun beriladi.
Qurilma asosiy mahsuloti 95% (mass) tozalikdagi izopentan hisoblanadi. Pentan
fraksiyasini izomerlashdan so‘ng boshlang‘ich distillyat oktan soni 79 dan
90gacha ko‘tariladi. Umumiy holda engil fraksiyalar oktan sonini izomerlash
yordamida 15-20 birlikka oshirish mumkin. Qurilmadagi texnologik rejim
quyidagicha boshqariladi:
Harorat,
0
S .................................................................................. 380-450
Bosim, MPa ........................................................................................ 3,5
Xom-ashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat
-1
........................................... 1,5
Vodorodni n- pentanga nisbati ............................................................ 3:1
VSGning karraligi, m
3
/m
3
....................................................................880
Pentanli izomerizat retsirkulyastiya karraliligi..................................... 1,25