13.1-jadval
Kokslash jarayoni xom-ashyo tavsifi va moddiy balansi.
Ko‘rsatkichlar, xom-ashyo tavsifi
Gudron
Kreking qoldiq
Zichlik, kg/m
3
0,990
1,024
Kokslilik darajasi
16
23
Oltingugurt miqdori, %
2,8
3,3
Mahsulot chiqishi
Koks
24
35
C
4
gacha bo‘lgan gazlar
11
11
Benzin
16
7
Engil va og‘ir gazoyl
49
47
Sirkulyatsiyalanish koeffistenti
0,3
0,3
173
13.2. Uzluksiz kokslash jarayoni texnologiyasi
Termo-kontaktli krekingning vazifasi miqdori 50% gacha bo’lgan
to’yinmagan uglevodorodli gazlar va aromatik uglevodorodli distilyatlarni
olishdan iboratdir. Xom ashyo sifatida yuqori oltingugurtli neft qoldiqlaridan
foydalalaniladi-vakuum haydalishdagi gudron yoki atmosfera haydashdagi
mazut. Uzluksiz kokslash jarayonining texnologik sxemasi 13.2-rasmda
keltirilgan. Ushbu jarayon neft kimyosi uchun mahsulotlar olishga
mo’ljallangandir: gazning yuqori miqdorda chiqishi, to’yingan uglevodorodlar
bilan boyligi, suyuq mahsulotlar tarkibidan benzol, toluyol va naftalin
mahsulotlari mavjud bo’lganda, og’ir fraksiyali texnik uglevodorodlarni ishlab
chiqarish uchun ashyo bo’lishi mumkin. Bu usulda jarayon rejimi nisbatan
yuqori, reaktordagi harorat 600
0
C va koks qizdirgichdagi harororat esa 670-
700
0
C kokslashni gazoilda ayrim zavodlarda foydalaniladi (ayrim vaqtlarda
gidrotozalashdan so’ng). Katalitik kreking qurulmalarning ashyosidagi
komponentlar sifatida termokreking qurulma reaktor blokidan ( reaktor koks
qizdirgich, koksning separator muzlatkich, havo haydash moslamasi va h.k ) va
ajratgich bloki kondensator, rektifikasion kolonna, bug’latish kolonnasi,
gazoseparator). Texnologik sxemasi quyida ko’rsatilgan.
Maxsulot - vakum kolonnaning pastki qismidan chiqadigan gudron yoki
atmosfera kolonnaning pastidan chiqadigan mazut. Nasos 14 yordamida
sepuvchi moslamalar 9 (forsunka tipi) orqali reaktor 11 ga yuboriladi,
reaktorning ichida to’xtovsiz serkulyatsiya qilib reaktorga bir xil miqdorida
harorat berish vazifasini bajaradi. Forsunkalar bir necha yarus balandlikda
o’rnatiladi katta qurulmalarda ularning soni 100 tagacha bo’ladi. Kreking
jarayoni koksning issiq molekulalari yuzasida amalga oshiriladi va uning
harorati 600-620
0
C ga teng bo’ladi. Kokslanish mahsulotlari - gaz va bug’lar
qatlamdan chiqqandan so’ng koks changidan tozalanish uchun siklonli
separatorlar 12 tizimidan o’tib skrubber–porseal kondensator13 ga kelib tushadi.
174
Ushbu scrubber uzatuvchi liniyalarning kokslanib qolishini kamaytirish
maqsadida to’g’ridan to’g’ri reaktoga o’rnatilgan. Skrubberning ustiga sovutish
moslamasi sifatida sovutilgan og’ir gazoyl yuboriladi. Mahsulot bug’lari og’ir
gazoyl bilan kontakt natijasida bug’larning o’ta og’ir komponentlari
kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalangan aralashma skubber 13 ning pastki
qismidan olinadi, nasos 15 orqali reaktor 11 ga yuboriladi. Koks issiqlik
tashuvchi moddalari koks jarayonida mayin qatlam sifatida yig’ilgan qismlari
reaktorning bug’lanish sektsiyasiga tushiriladi, bu jarayonning o’zida ular suv
bug’ining qarama - qarshi harakatida yuviladi. Undan so’ng ular bukilgan
quvur 8 (pnevmotransport) orqali koks qizdirgich 5 ga uzatiladi. Havoli isitgich
1 yordamida koks qizdirgichning taqsimlovchi chanbaragi 6 ostiga havo
haydaladi. Havoning hajmi serkulyatsiya qiladigan koksni yetarli haroratga
qizdirish uchun yetarli bo’lishi kerak. Koksni qizdirish jarayoni balansli
koksning ma’lum bir qismini yondirish natijasida amalga oshiriladi. Yonish
mahsulotlari (tutun gazlar ) ikki pog’onali siklonlardan 4 o’tib u yerda ulardan
koksning mayda qismlari ajratib olinadi va yo’qotilish uchun qozonga
yuboriladi. Koks qizdirgich 5 da qizdirilgan koks bukilgan quvur 7
(pnevmotransport) orqali reaktor 11 ga qaytib keladi. Uzatuvchi muhit sifatida
suv bug’i xizmat qiladi. Yoqilayotgan koksning hajmi yangi tashkil bo’lgan
koksning hajmidan kam bo’lganligi uchun uning ortiqchasi katta ko’rinish
fraksiya elementlari sifatida separator muzlatgich 3 orqali tizimdan to’xtovsiz
chiqarilib turiladi. Nisbatan mayda qismlari esa separator muzlatgichdan koks
qizdirgich 5 ga qaytib keladi. Koksning mayda qismlarini katta qismlaridan
ajratish separatorning pastki qismiga yuborilgan suv bug’lari yordamida amalga
oshiriladi. Separatorning pastki qismidan kiritlgan koks suv bug’i yordamida
qabul qilgichga (pryomnik) o’tkaziladi. Reaktor blokida aylanayotgan koks
moddalarining o’lchamlari 0,075 dan 0,300 mm gacha bo’ladi, balansli
koksning moddalari esa 0,4 mm va undan yuqori. Koks qizdirgich 5 dan
reaktoning yuqori tubi 11 ga 10- chiziqli qism orqali issiq holda koks qismlari
uzatiladi. Shunday qilib bu yerda bug’larda bo’lgan koksning konsentratsiyasi
175
oshadi. Koksning qismlari siklon 12 ning kirish qismiga mexanik ta’siri
natijasida uning kokslanishining oldini oladi.
13.2-rasm. Uzluksiz kokslash jarayoni texnologik sxemasi.
1-kompressor, 2-yonish kamerasi, 3-separator-muzlatgich, 4, 12-siklonlar, 5-
koksqizdirgich, 6-ajratuvchi panjara, 7, 8-pnevmotransport tarmog’i, 9-xom-
ashyo taqsimlagichlar, 10-issiq bug` berish tarmog’i, 11-reaktor, 13-skrubber,
14, 16, 20, 21, 29-nasoslar, 17, 22, 26, 28-havoli sovutgichlar, 18-rektifikatsion
kolonna, 19-bug`latish kolonnasi, 23-muzlatgich, 24-suvgazajratgich, 25-issiqlik
almashtirgich, 27-bug` generator.
Benzin va suvning bug’lari hamda kokslanadigan gaz kolonna 18 ning
yuqorisidan chiqishida havoli sovutish qurulmalari 22 da va muzlatgich 23 da
sovutiladi undan keyin gaz ajratgich 24 ga yuboriladi. Bu yerda yog’li gaz ,
nostabil benzin va suvli kondensatga ajralish jarayoni yuz beradi. Benzin
nasos 29 orqali qisman kolonna 18 ning yuqori tarelkasiga suvlash uchun
yuboriladi, unung balansli miqdori esa issiqlik almashtirgich 25 dan so’ng
stabillashtirishga yuboriladi. Bug’lanish kolonnasi 19 ning pastki qismidan
nasos 21 yordamida yengil gazoyl chiqariladi. Ko’p hollarda u issiqlik manbai
sifatida issiqlik almashtirgich 25 da nostabil benzinni qizdirish uchun
foydalaniladi, ushbu benzin blokka fizik stabillash jarayoni uchun yuboriladi.
Undan so’ng yengil gazoyl havoli sovutgich muzlatgich 26 da qo’shimcha
176
sovutiladi va qurulmadan chiqariladi. Og’ir gazoyl kolonka 18 ning pastki
qismidan nasos 20 orqali so’rib olinadi va bug’ generator 27 hamda havoli
sovutish qurulmasi 28 ga yuboriladi. Qisman og’ir gazoyl suvlash maqsadida
skubber 13 da foydalaniladi. Uning asosiy qismi esa qurulmaga o’tkaziladi.
Nasos 16 va havoli sovutgich 17 qurulmasi orqali isitish pechi 2 tizimni ishga
tushurishda bosim ostida qizdirish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |