170
tonna koks ishlab chiqaruvchi qurilmaning ish tartibi keltirilgan. Qurilma 4ta
kokslash kamerasi va 2 quvurli qizdirish pechidan iborat reaktor bo‘limi,
fraksiyalash bo‘limi, issiqlikni qayta tiklash tizimi va mahsulotni sovutish
bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Xom-ashyo-gudron yoki kreking qoldiq 1-nasos
yordamida parallel oqimda 2 va 3- pechlarning yuqori ekran qismidan berilib, u
erda 350-380
0
C gacha qizdiriladi. So‘ngra xom-ashyo 9-kolonnani pastki
qismiga kaskadli tarelka yuqorisidan kiritiladi. Shuningdek, bu erdan parallel
ravishda ishlovchi kameralarda hosil bo‘ladigan koksli mahsulotlarini - gaz va
bug‘larni pastki tarelka ostidan kiritiladi. Xom-ashyo kolonnadagi to‘qnashuv
natijasida og‘ir fraksiya bug‘lari kondensatsiyalanadi va xom-ashyo bilan
aralashadi. Bunga ko‘ra kolonna pastida retsirkulyat yoki ikkilamchi xom-ashyo
hosil qilinadi. Ikkilamchi xom-ashyo 9-kolonnadan 6-nasos yordamida 2 va 3-
pechlarga qaytariladi va 490-510
0
C gacha qizdiriladi.
Pech quvurlarida koks
hosil bo‘lishi oldini olish maqsadida yuqori ekran qismiga ≈3%gacha
turbolizator deb ataluvchi jihozga qizdirilgan suv bug‘i beriladi. Suv bug‘i
berilishi hisobidan oqimni zmeevikning reaktsion qismidan o‘tishi tezlashadi.
Qizdirilgan ortiqcha bug‘ni 10 va 11-bug‘latish kolonnalarida ishlatish mumkin.
Bug‘ holida aralashma pechlaridan so‘ng parallel oqimda 4 yo‘lli 7-kranlar
orqali ikkita teng ishlovchi 5-kameraga kiritiladi. Bu vaqtda ikki kamera ishchi
davriy siklga tayyorlanadi. Qaynoq xom-ashyo kameralar pastidan beriladi va
asta-sekinlik bilan to‘lib boradi. Hajmi ancha katta, ichki diametri 4,6-5,5m va
balandligi 27-28m. Parchalanishdagi bug‘ mahsulotlari uzluksiz ravishda
kamera yuqorisidan chiqariladi va 9-kolonnaga
yuboriladi, og‘ir qoldiq esa
qoladi. Suyuq qoldiq esa asta-sekinlik bilan koksga aylanadi. Kamera taxminan
24 soatda koks bilan to‘ladi. Kameralardagi bosim 0,18-0,60 MPa. Kokslash
mahsulotlari 9-kolonnada ajratiladi. Kolonna yuqorisidan benzin bug‘lari, suv,
hamda koks gazlari chiqariladi. Yengil va og‘ir gazoyllar 10 va 11-bug‘lanish
kolonnalaridan 13 va 12-nasos yordamida beqaror benzinni qizdirish uchun 18-
issiqlik almashtirgich orqali va suv kondensatini isitish uchun 20- issiqlik
almashtirgichdan o‘tib, sovutish tizimidan so‘ng rezervuarga chiqadi.
172
Kameralar koks bilan to‘lgandan keyin,
kameraga xom-ashyo qabul
qilishi to‘xtatiladi va suv bug‘i yordamida qolgan suyuq mahsulotlar va neft
bug‘lari siqib chiqariladi. Dastlab siqib chiqarilayotgan mahsulotlar 9-
kolonnaga, qachonki koks harorati 400-405
0
S ga pasayganda bug‘lar oqimi 4-
yig‘gichda siqiladi. Koks harorati to 200
0
S gacha pasayguncha suv bug‘i berish
davom etadi. Keyinchalik kameraga suv bug‘i beriladi va berilayotgan suv
atmosferaga bug‘lanish davom etguncha, ya’ni 4- yig‘gichni
quyish quvurida
paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Kameralardan koks gidravlik usulda
gidroburg‘i va gidrokeskichlar yordamida 10-15 MPa bosimda kesib
bo‘laklanadi va chiqariladi.
Jarayonni qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho
jihozlar (burg‘ilash minorasi, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari)
talab
etilishidir. Jarayonning xom-ashyo tasnifi va moddiy balansi 13.1-jadvalda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: