Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Vakuum ostida nеftni haydash asoslari



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Vakuum ostida nеftni haydash asoslari. 
Endi qaynash haroratining bosim bilan bog’liqligini nеft krеkingi 
muammosida ko’rib chiqamiz. Oddiy haydash qoldig’i krеking harorati juda 
yuqori bo’lganda kuzatiladi. Oddiy haydash qoldig’ini fraksiyalarga ajratish 
muammosining yеchimi past bosimda haydash bilan bog’liq. Oddiy haydash 
qoldig’i rеktifikatsiya kolonnasidan to’g’ridan-to’g’ri vakuumli haydash 
kolonnasiga o’tkaziladi. Rеktifikatsiya kolonnasining ishlash rеjimiga mos holda 
qoldiq harorati uning qaynash haroratidan 2°S yuqori bo’ladi. Qoldiq 
pasaytirilgan bosimli va katta diamеtrga ega bo’lgan kolonnaga kеlib tushadi. 
Vakuumli rеktifikatsiya kolonnasida bosim 0,32 - 0,40 at tеng bo’ladi. Oddiy 
rеktifikatsiya kolonnasida esa u 1,03 at bosimni tashkil qiladi. Past bosimda 
qoldiqning yеngil fraksiyasi birdaniga qaynab va tеz bug’lana boshlaydi. 
Bug’lanish issiqlikning yutilishi bilan boradi. Sovib kеtishga qarshi kolonnaga 
bosim ostida 400°S haroratdan past bo’lmagan haroratda bug’ bеriladi. Bug’ 
issiqligi haydash qoldig’iga bеriladi va shu orqali bug’lanish jarayoni davom 
etadi. Bug’ning yana bir vazifasi bu bosimni boshqarishdadir. Kolonnaning 
yuqori qismida ishlayotgan vakuum nasosi past bosim saqlab turilishini ta'minlab 
turadi. Vakuum kolonnasidan bir nеcha fraksiyalar ajralib chiqadi. Yengil 
vakuum distillyat va og’ir vakuum distillyatlarni ba'zida alohida mahsulot 
holatida olinadi. Bu ikki fraksiyani surkov moylari ishlab chiqarishda xom-ashyo 
sifatida ishlatish mumkin. Ko’p holatlarda bu fraksiyalarni ajratmasdan aksincha 
qo’shiladi, uni vakuum ostida haydashning yеigil fraksiyasi dеyiladi. 


60 
Og’ir mahsulot, ya'ni tarkibida yuqori molеkulali birikmalari ko’p fraksiya 
kolonnaning pastki qismida qoladi va uni vakuum ostida haydash qoldig’i 
dеyiladi. Bu qoldiq bitum olishda yoki tеrmik krеkinglash jarayonida xom-ashyo 
sifatida ishlatiladi. To`g’ri haydash qoldig’ini vakuumli haydash natijasida 
olingan mahsulot miqdori ekvivalеnt jihatdan 540-590
0
S haroratdagi atmosfеra 
bosimida haydashdan olingan mahsulot miqdoriga tеng bo’ladi. Qoldiqni 
tavsiflash uchun zichlik va yopishqoqlik ko’rsatkichlari qo`llanadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, birlamchi qayta ishlash jarayonida neft va 
gazning 
tarkibidagi 
uglevodorodlarning 
fizikaviy 
xossalariga 
ko‘ra 
fraksiyalarga ajratiladi. Shunga o‘xshash atmosfera vakuum qurilmalarida 
neftdan benzin distillyati, dizel yoqilg‘isi, kerosin, turli qovushqoqlikdagi uch 
xil moy fraksiyalari va gudron olinadi. Qurilmada bu mahsulotlardan tashqari 
quruq va og‘ir gazlar, suyuq neft gazlari va yengil vakuum gazoyli ham 
olinadi. 
Yuqori quvvatdagi zamonaviy neftni atmosfera vakuum sharoitida 
haydash qurilmalari quyidagi bloklardan tuzilgan bo‘ladi va quriladi: 1. Neftni 
issiqlik almashtirgichlarda dastlabki qizdirish; 2. Neftni elektr tuzsizlantirish 
va suvsizlantirish (ELOU); 3. Issiqlik almashgichlarda navbatdagi qizdirish; 4. 
Neftni benzinsizlantirish; 5. Atmosferali haydash kolonnasi; 6. Mazutni 
vakuum ostida fraksiyalash; 7. Benzinni barqarorlashtirish va uni kichik 
fraksiyalar olish maqsadida ikkilamchi haydash. 
5.4- 
rasmda 
neftni 
atmosfera-vakuum 
sharoitida 
haydash 
qurilmasining texnologik sxemasi keltirilgan. Xom-ashyo bir necha parallel 
oqimlarda 7, 8, 9, 10, 11, 12 va 13 - issiqlik almashgichlar guruhidan o‘tib 
100-130
0

gacha 
qizdiriladi 
va 
to‘rt 
parallel 
oqimda 
14 

elektrodegidratorlarga tushadi. Elektrodegidratorlardan chiqib, 15 va 16-
*issiqlik almashgichdan o‘tib, 18-issiqlik almashgichda qo‘shilgan holda 
qizdiriladi. Neft 200 - 250
0
S gacha qizdirilib, 19 - benzinsizlantirish 
kolonnasiga tushadi. Bu kolonna yuqorisidan gaz, benzin va suv bug‘lari 
chiqariladi. 


61 
Benzinning sirkulyatsiyalanuvchi qismi 25 - nasos yordamida kolonnaga 
qaytariladi, balansdan ortiq qismi benzinni barqarorlashtiruvchi 59 - kolonnaga 
beriladi. 19 - kolonnani pastidagi haroratni saqlash uchun benzinsizlantirilgan 
neft pechda 250 - 370
0
S da qizdirilib, kolonna pastki qismiga qaytarib turiladi. 
Benzinsizlantirilgan neftning balans qismi 28 - nasos yordamida 27 - pechga 
beriladi va 370 - 380
0
S da qizdirilgan holda 30 - atmosfera bosimida ishlovchi 
kolonnaga beriladi. 30 - kolonna yuqorisidan og‘ir benzin va suv bug‘lari, 
shuningdek neftni 27 - pechda qizdirish vaqtida hosil bo‘lgan parchalanish 
gazlari chiqariladi. Olingan gaz-benzin-suv aralashmasi 33 - separatorda 
ajratiladi. Og‘ir benzin fraksiyasi kondensati engil benzin bilan birgalikda 
barqarorlashtirish kolonnasiga beriladi. Atmosfera kolonnasi yuqorisiga 
beriladigan sovuq sug‘orish kolonnadagi uchinchi tarelkadan chiqarilib, 34 - 
havoli sovutgich, 37 - suvli sovutgichlarda sovutilib, 43 - nasos yordamida 
kolonnaga qaytariladi. Kerosin fraksiyasi 35 -bug‘latish kolonnasi pastki 
qismidan 42 - nasos yordamida 7 va 6 - sovutgichlardan o`tgandan so`ng 
qurilmadan chiqariladi. Dizel yoqilg‘isi fraksiyasi 36 - bug‘latish kolonnasidan 
41 - nasos yordamida qurilmadan chiqariladi. Chiqayotgan dizel yoqilg‘isi 
issiqligidan 68 - issiqlik almashgichda, so‘ngra 9 - issiqlik almashgichda 
foydalaniladi. 


62 
 
5.
4

r
as

.Atmos
fe
ra
-va
kuu

sha
roit
ida 
n
ef
tni
ha
yda
sh 
qur
il
mas
ining
texno
logi

sxe
mas
i.
1,
24

26,
38,
44,
51,
55,
73,
74,
76,
77,
79,
80
-na
sos
lar

2,
6,
17,
20,
28,
29,
31,
34,
46,
47,
58,
63

65,
69

ha
voli
s
ovutgi
chlar

7,
13,
15,
16,
18,
60,
61,
78
-
is
siql
ik 
alm
as
hgichla
r.
14

elektr
ode
g
idr
ato
rlar

19
-ne
ftni
b
enz
ins
izla
nti
ris

kol
onna
si.
21,
32,
37,
45,
57,
66,
70
-
s
uvli
konde
ns
ator
s
ovutgi
chlar

22,
33,
67

71,
72
-
s
epa
ra
tor
yi
g‘
gichla
r.
23,
27,
56,
75
-
pe
ch.
30

as
os
iy 
atm
os
fe
ra
bos
im
idagi 
kolo
nna

35,
36,
49,
50
-
bu
g‘
latuvc
hi 
kolonna.
48
-
va
kuum 
kol
onna

59
-
ba
rqa
ro
rlas
hti
ris

kolonnas
i.
62,
68
-
fr
aks
iya
las

kolonnas
i.
 


63 
Dizel yoqilg‘isi olishni ko‘paytirish uchun 30 - kolonna pastidan o‘ta 
qizdirilgan (400
0
S li) suv bug‘i kiritiladi, shuningdek, 35 va 36 - bug‘latish 
kolonnalarida ham yengil fraksiyalarni ajratish uchun qizdirilgan suv bug‘i
kiritiladi. 30 - kolonnada yana ikkita sirkulyatsiya quyilishi mavjud, ya’ni o‘rta 
va quyi sirkulyatsiyalar. Atmosfera kolonnasi pastidan 40 - nasos yordamida 
mazut, 56 - zmeevikli vakuum pechda qizdirilib, 380
0
S - 400
0
S haroratda 48 - 
vakuum kolonnasiga beriladi. 48 – vakuum kolonna yuqorisidan 1 - moyli 
fraksiya 51 - nasos yordamida 12 - issiqlik almashgich orqali o‘tib, 47 - havoli 
sovutgichda sovutilib 48 - kolonnaga kiritiladi. Balansdan tashqari qismi 
qurilmadan 
chiqariladi. 
48 

vakuum 
kolonnasi 
yuqorisidan 
kondensatsiyalanmagan komponentlar (parchalanishda hosil bo‘lgan gazlar, 
yengil fraksiyalar, suv bug‘lari va havo aralashmalari) 46 - havoli sovutgichda 
va 45 - qobiq trubali suvli sovutgichda sovutilgandan so‘ng gaz-suyuqlik 
aralashmasi vakuum hosil qilish tizimiga tushadi. Ikkinchi moy fraksiyasi 54 - 
nasos yordamida 49 - bug‘latish kolonnasi pastidan 11 - issiqlik almashgichdan 
o‘tib, 3 - havoli sovutgichda sovutilgan holda qurilmadan chiqariladi. Uchinchi 
moy fraksiyasi 50 - bug‘latish kolonnasi pastidan 52 - nasos yordamida 13 - 
issiqlik almashtirgich va 2 - havoli sovutgichdan so‘ng rezervuarga yuboriladi. 
48-vakuum kolonna pastki sirkulyasiya quyilishi 55 – nasos yordamida amalga 
oshirilib, flegma 16 - issiqlik almashtirilgich orqali o‘tib, 17 - havoli 
sovutgichda sovutilgan holda kolonnaga qaytiriladi. Uchinchi moy fraksiya 
olishni ko‘paytirish uchun kolonna pastidan suv bug‘i beriladi. Qoldiq gudron 
48 - kolonna pastidan 53 - nasos yordamida 18 va 8 - issiqlik 
almashtirgichlardan so‘ng 5 - havoli sovutgichda sovutiladi va qurilmadan 
chiqariladi. 22 va 33 - separatorlardan ajratilgan barqarorlashtirilmagan benzin 
fraksiyasi 25 va 44 - nasoslar yordamida parallel oqimlarda 60 va 61 - issiqlik 
almashtirgichlardan so‘ng 59 - kolonnaga tushadi. 59 - kolonnada benzin 
fraksiyasida erigan gazlar ajratiladi. Ular 58 - havoli va 57 - suvli sovutgichdan 
so‘ng 72 - separatorga tushadi. Separatorda og‘ir gaz kondensatsiyalangan 
yengil uglevodorodlardan, suyultirilgan gazlardan ajratiladi. Suyultirilgan 


64 
gazning sirkulyatsiya qismi kolonnaga sug‘orish sifatida beriladi, balans qismi 
gazlarni fraksiyalash qurilmasiga yuboriladi, shuningdek, og‘ir gazlar ham shu
qurilmaga yuboriladi. Barqarorlashtirish kolonnasi pastida haroratni ushlab 
turish uchun barqaror benzin 74 - nasos yordamida olinib 75 - pechda qizdirilib 
yana kolonnaga qaytariladi. Barqarorlashtirilgan benzin 59 - kolonna pastidan 
olinib, ikkilamchi fraksiyalash kolonnalari 62 va 68 ga beriladi. 62 - kolonna 
yuqorisidan boshlang‘ich qaynash harorati 85 
0
S gacha bo‘lgan fraksiya 
chiqarilib, 68 - kolonnaga bug‘li to‘yintirish sifatida beriladi. Bu fraksiyaning 
sirkulyatsiya qismi 65 – havoli va 66 - suvli sovutgichdan o‘tib, 57 -
yig‘gichdan 77 - nasos yordamida 62 - kolonnaga sovuq sug‘orish uchun 
qaytariladi. 62 - kolonna pastidan olinadigan 85
0
S, 120 
0
S ( yoki 85
0
S, 180 
0
S) 
fraksiya 61 - issiqlik almashtirgich va 63 - havoli sovutgichdan o‘tgandan so‘ng 
qurilmadan chiqariladi. 68 - kolonna yuqorisidan boshlang‘ich qaynash harorati 
62 
0
S gacha bo‘lgan fraksiya chiqarilib, 69 – havoli va 70 - suvli sovutgichdan 
o‘tib, bir qismi qurilmadan chiqariladi. 68 - kolonna pastidagi issiqlik 78 - 
issiqlik almashtirgichdan o‘tayotgan dizel yoqilg‘isi issiqligi hisobidan 
ta’minlanadi, 68 - kolonna pastidan chiqariladigan 62
0
S, 85 
0
S li fraksiya 79 - 
nasos yordamida 60 - issiqlik almashtirgich va 64 - havoli sovutgichdan so‘ng
qurilmadan chiqariladi.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin