Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


 Moy fraksiyalarini fenol va furfurol yordamida



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

10.2. Moy fraksiyalarini fenol va furfurol yordamida 
 tozalash, jarayonning sanoatdagi qurilmalari 
Qurilmaning asosiy bloklariga quyidagilar kiradi: fenol-suv azeotrop bug‘li 
aralashmadan fenolni absorbtsiyalash, ekstraktlash, rafinatli eritma tarkibidan 
fenolni ekstraktsiyalash. Moy xom-ashyosini fenolli tozalash qurilmasining 
texnologik sxemasi 10.1- rasmda keltirilgan. Xom-ashyo 1-nasos yordamida 2- 
issiqlik almashtirgichga beriladi, 3-bug‘li qizdirgich orqali o‘tib, 5-absorberni 


135 
yuqori tarelkasidan beriladi. Xom-ashyoni absorberga kirishdagi harorati 110-
115
0
C ga teng. Absorberni pastki qismidagi suyuqlik sathiga ko‘ra xom-ashyoni 
uzatish boshqarilib turiladi. Buning uchun qizdirish liniyasida klapan 
o‘rnatilgan. Absorberning pastki tarelkasi ostida azeotrop aralashma bug‘lari 
kiritiladi. Xom-ashyo oqimi ko‘tarilayotgan bug‘lar bilan to‘qnashib, undan 
fenol absorbtsiyalanadi. Suv bug‘lari chiqishi bilan 4-kondensator-sovutgichga 
tushadi va hosil bo‘lgan kondensat suv bug‘i ishlab chiqarish tizimiga 
yuboriladi.
Xom-ashyo unda absorbtsiyalangan fenol bilan birgalikda absorber pastki 
qismidan 10-ekstraktsion kolonna o‘rta qismidan beriladi. Kolonnalar nasadkali 
yoki tarelkali tipda bo‘lishi mumkin. Kolonna yuqorisidagi harorat 
erituvchining kritik haroratidan taxminan 8-12
0
C ga past holda ushlanadi, odatda 
qoldiq xom-ashyo uchun 115
0
C dan oshmagan holda va kam qovushqoqli xom-
ashyo uchun 50
0
C. Kolonnalar yuqorisi va pastki orasidagi hosil qilinadigan 
harorat gradienti 10-30
0
C ni tashkil etadi. Moy distillyatlarini tozalashda 
fenolning karraligi xom-ashyoga nisbatan 1,2-2 oralig‘ida, deasfaltizatni 
tozalashda esa 2,5-4 bo‘ladi. Tarkibi 0,005%dan ko‘p bo‘lmagan fenol saqlagan 
rafinat 12-nasos yordamida 17-issiqlik almashtirgich orqali o‘tib rezervuarga 
yuboriladi. 
10-kolonnadan chiqariladigan ekstraktli eritma 11-nasos yordamida 24- 
issiqlik almashtirgich orqali 27- quritish kolonnasiga beriladi. Bu kolonnaga 
ekstraktli eritmani kiritishdagi harorati 150-160
0
C ga teng yarim berk tarelkalar 
yordamida ikki qismga bo‘linadi, 27-kolonna yuqori qismi 12ta tarelka bilan 
jihozlangan va pasti tub qismidir. Ekstraktli eritma va unga birlashtirilgan fenol-
suvli kondensat 27-kolonnada suvsizlantiriladi. 
Bu kolonna yuqorisidan azeotrop aralashma bug‘lari (taxminan 91% mass. 
qolgani fenol) chiqariladi, pastki qismidan esa fenolni asosiy massasi va 
ekstraktdan tarkib topgan suvsiz eritma chiqariladi. Kolonna yuqorisidan 
chiqarilayotgan azeotrop aralashma bug‘larini bir qismi 5-absorberga, qolgan 
miqdori esa 19-havoli sovutgichdan o‘tib, hosil bo‘lgan suv-fenolli kondensat 


136 
15-yig‘gichda yig‘iladi. 27-kolonnaning yarim berk tarelkasida yig‘iluvchi 
ekstraktli eritma 25-qaynatgichga o‘tadi. Bu erda u 32-kolonnadan chiqayotgan 
kondensatsiyalanuvchi fenol bug‘lari bilan qizdiriladi. Suvsizlantirilgan 
ekstraktli eritma 27-quritish kolonnasi pastki qismidan 29-nasos yordamida 
olinib, 30- zmeevikli pechda 250-260
0
S gacha qizdirilgan holda 32-bug‘lanish 
kolonnasiga beriladi. 
Eritmaning 32-kolonna pastida 30-pech orqali retsirkulyatsiyalanadi. 31-
nasos yordamida 30- zmeevikli pech orqali amalga oshiriladigan eritma 
sirkulyatsiyasi ekstraktsion kolonna pastidagi haroratni taxminan 330
0
S gacha 
oshiradi. Bu orqali kolonna qoldiq mahsulotidagi fenolning miqdorini 
kamaytirishga erishiladi. 32-kolonna 0,2-0,3MPa ortiqcha bosimda ishlaydi. 
Kolonna yuqorisidagi harorat ishchi bosimda fenolni qaynash haroratiga teng. 
U 230-240
0
S chegarasida o‘zgarib turadi. Tarkibida 2-5% (mass.) fenol saqlagan 
ekstraktli eritma 32-kolonna pastki qismidan o‘z oqimi bilan 36-bug‘latuvchi 
kolonnaga o‘tadi va u erda suv bug‘i bilan shamollatiladi. 32-kolonnadan 
chiquvchi fenol bug‘lari 25-qaynatgich uchun issiqlik tashuvchi hisoblanadi. 
Qayta tiklangan fenol 24-issiqlik almashtirgich va 26-sovutgich orqali 28-quruq 
fenolli yig‘gichda yig‘iladi. 36 -kolonnadan chiquvchi fenol va suv bug‘lari 
35-havoli sovutgichda kondensatsiyalanadi va ekstraktli eritma bilan birgalikda 
kondensat aralashmasi 27-quritish kolonnasiga beriladi. 36 -kolonnadan ekstrakt 
37-nasos yordamida 2-issiqlik almashgichdan o‘tib, rezervuarga chiqariladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin