Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə1/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA
MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
TILLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
5111200-O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi
302-guruh talabasi Meliyeva Asilaning
Hamid Olimjonning adabiyotshunoslikdagi tanqidi”
Mavzusidagi
KURS ISHI
Himoyaga tavsiya etaman
Ilmiy rahbar: _______________________
Kafedra mudiri:_______________________
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH.……………………………………………...............................................3
ASOSIY QISM
I. BOB. HAMID OLIMJON LIRIKASIDA POETIK G‘OYA VA SHOIR RUHIYATI
1.1. Shoir ijodida ilhom va iste’dod uyg‘unligi ………………………..………......17
1.2. Hamid Olimjon g‘oyaviy konsepsiyasi va badiiy tasvir
vositalaridan foydalanish mahorati.....................................…………………..........26
II BOB. HAMID OLIMJON IJODIDA FOLKLORIZM
2.1. Shoir dostonlarining g‘oyasida xalq og‘zaki ijodining uyg‘unlashuvi ……..43
2.2. Hamid Olimjon ijodida xalq ertaklarining o‘rni …............................................56
XULOSA………………………………………………………………………....61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati……………………………….......................63





KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jamiyatning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi adabiyot va san’at sohasida ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa o‘zbek adabiyotshunosligida ijodkorlar ijodini tahlil qilish ma’naviy yuksalishlarimizdan biri hisoblanadi, zero, Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Ma’naviyat insonni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezonidir”.
Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotidagi ijodiy taqdiri g‘oyat murakkab kechgan shaxsiyatlardan biridir. Adiblarning badiiy maxoratini ko‘rsatishdan ko‘ra, ularning qaysi tuzum va tizimga tarafdorligini tekshirish muhimroq deb qarashga odatlangan o‘zbek adabiyotshunosligida keyingi paytda sho‘ro davrida yashab ijod qilgan bir qator yozuvchilar qatori Hamid Olimjon merosiga ham nopisandlik bilan nigilistik qarash bir qadar sezilmoqda. Bu hol shoir ijodiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar kamayib ketganligida, uning asarlarini qayta bosish ehtiyoj darajasida emasligida, umumta’lim maktablarida Hamid Olimjon ijodi namunalarini o‘rganish miqdori sezilarli ozayganligida namoyon bo‘lmoqda.
Badiiy adabiyotga faqat bugunning talablaridan kelib chiqib yondashish uni publitsistika darajasiga tushiradi, nafis adabiyotning diapozonini bugunning manfaati qadar toraytiradi. Xolbuki, bugun yaratilayotgan badiiy asar faqat bugungagina tegishli emas. Shuning uchun ham chinakam badiiyat namunalariga ijtimoiy-siyosiy talablaridan kelib chiqib baho berish noto‘g‘ridir. Aslan mangulikka, juda bo‘lmaganda, umrzoqlikka da’vogar adabiy yaratiqlarni baholaydigan o‘lchovlar ham hodisalarga yarasha miqiyosli bo‘lishi lozim. Bizdan oldin yashab o‘tgan adiblarning faoliyatiga bizning bugungi ijtimoiy manfaatlarimizga qanchalik tug‘ri kelishiga qarab emas, balki badiiy asarlarining betakrorligi va inson ma’naviyatini yuksaltirishga qanchalik yaroqli ekanidan kelib chiqib baho berish sog‘lom aqlga muvofiq bo‘ladi.
Adabiyot ilmi uchun biror yozuvchining qaysi tuzumga qanchalik xizmat qilgani yoki qilmaganini aniqlashdan ko‘ra, uning yaratiqlari millatning bugungi badiiy tafakkuri va ma’naviyatiga nima berishi mumkinligini tekshirish ko‘proq naf keltiradi.
Shu nuqtai nazardan Hamid Olimjon lirikasining poetik g‘oyasi va ijodkor g‘oyaviy konsepsiyasi ayniqsa uning qolklordan foydalanish mahoratini tadqiq etish bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishning maqsadi. Hamid Olimjonning xalq poetik ijodidan foydalanish mahoratini tadqiq etish
Kurs ishning vazifalari. Asosiy maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga qo‘yilgan ilmiy vazifalar qo‘yildi.
- Hamid Olimjon lirikasidagi poetik g‘oya va shoir ruhiyatini tahlil qilish.
- Shoir ijodidagi ilhom va iste’dod uyg‘unligini o‘rganish.
- Hamid Olimjon g‘oyaviy konsepsiyasining rivojida badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahoratini tadqiq etish.
- Shoir ijodida folklorizm masalasini tahlil etish.
- Shoir dostonlarining g‘oyasida xalq og‘zaki ijodining uyg‘unlashuvi muammosini tadqiq etish.
- Hamid Olimjon ijodida xalq ertaklarining o‘rni masalasini tahlil etish.
Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
Kurs ishning natijalaridan maktab, litsey va kollejlarda Hamid Olimjon hayoti va ijodini o‘rganishda ma’ruza refaratlar yozishda bemalol foydalanish mumkin.
Bundan tashqari kurs ishning materiallari o‘zbek adabiyotida, Hamid Olimjonning ijodini o‘rganishda ozgina ulush bo‘lib qo‘shiladi va tadqiqot obyektini kengaytiradi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi . Kurs ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin