Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


I bob. Hamid Olimjon lirikasida poetik g‘oya va shoir



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə2/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

I bob. Hamid Olimjon lirikasida poetik g‘oya va shoir
ruhiyati
Hamid Olimjon she’riyati ijodkorning ichki kechinmalarini, uning dunyoqarashini, qalb torlarining eng nafis, eng nozik ohanglarini aks ettiradi. Shoir ruhiyati, ijodiy ufqlari, qarbi, sirli tuyg‘ulari uning she’rlarida bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham betakror she’riyat sohibi Hamid Olimjon she’rlari, mana bir asrdirki, hanuz qutb yulduzidek chaqnab kitobxonlarni o‘ziga chorlab turibdi.
Shoir she’rlari mavzu jihatidan rang-barang, badiiy jihatdan
sehrga to‘ladir. Uning ijodida peyzaj lirikasi aloxida o‘rin tutadi.
Hamid Olimjon chinakam tabiat shaydosi bo‘lib undagi
go‘zalikni, uning butun latofatini qalbdan, mehr bilan kuylaydi.
H. Olimjon tabiatdagi ranglar jilosini, sadolar rangin nozik his etadi:
Salqin saharlarda
uyqudan turgan.
Buloq suvlariga
yuzini yuvgan.
Marmar havolarning qo‘yniga cho‘mgan,
Zilol bo‘shliqlarga
keng quloch qo‘ygan,
Mustaqillik ishqi bilan
yongan dalalar
ko‘m-ko‘k


Bu misralarda betakror tasviriy vositalarning o‘rinli qo‘llanganini ko‘ramiz. Shoir jonlantirishning tashxis ko‘rinishi (uyqudan turgan, keng quloch qo‘ygan, ishqi bilan yongan), ohorli sifatlashlar (po‘lat yag‘rin, marmar havo, zilol bo‘shliq), takror (ko‘m-ko‘k) va gradatsiyadan san’atkorona ustalik bilan foydalanadi.
H.Olimjon she’rlarida oshufta shoir qalbining muhabbat tuyg‘ulari salmoqli o‘rinni egallaydi.
H.Olimjon beadad muhabbat egasi edi. Shoir o‘z qalbidagi
sevgi tuyg‘ularini "Xayoling-la o‘tadi tunlar...", "Xayolimda bo‘lding
uzun kun...", "Sog‘inganda", "Kechir meni, nozli malagim", "Sevgi
desam, faqat sen desam...", "Savol" kabi go‘zal she’rlarida zo‘r
ehtiros bilan ifoda etadi va ularda parallelizm va metaforadan
unumli foydalanadi. Masalan:
Eng gullagan yoshlik chog‘imda,
Sen ochilding ko‘ngil bog‘imda.
Shunda ko‘rdi ko‘zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Qushlar sayrar jonimga payvast,
Mei sevgining bo‘yi bilan mast.
Bu otashin misralar shoirning ishq sehridan masrur, baxtiyor holatini yorqin namoyon etadi. Inson o‘z sevgisi, muhabbati bilan baxtli bo‘ladi, o‘zini behad baxtiyor his etadi. Yuragida muhabbati bor insonga esa olam, borlik, go‘zal va fusunkor ko‘rinadi. Shoir bu holatni shunday tasvirlaydi:
Baxtim borki, har narsa go’zal,
Ko‘rinadi mening ko‘zimga.
H. Olimjon teran aql, nozik ta’b, keng xayol, zukko nigoh, yuksak ruhiy kuch va iroda, salohiyat egasi edi. Uning ijodi ifoda imkoniyatlarining kengligi, serqirraligi, asarlarining mavzu ko‘lami, g‘oyasi, badiiyati va timsollar tizimi bilan keng kitobxonlar qalbidan o‘rin olgan.
Shoirning o‘zi jisman qisqa yashagan bo‘lsada, lekin uning badiiy merosi, yaratgan asarlari asr yuzini ko‘rdi. Mana yuz yildirki, shoir nomi va she’riyati barhayot.
H.Olimjon serqirra ijodkor sifatida xalqning orzu-armonlarini kuylagani uchun ham, u yaratgan asarlar, shoir nomi, avloddan-avlodga, tildan-tilga ko‘chib, bundan keyin ham abadiyatga daxldor bo’lib qolaveradi.
She’r ijodkor badiiy tafakkurining mahsulidir. Tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning badiiy ifodasi lirikada o‘z aksini topishi, shubhasiz.
Hamid Olimjonning tabiat tasviriga bag‘ishlangan she’rida lirik qahramon olami, ruhiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Shoirning "Holbuki tun" she’ri tun manzarasini kuzatayotgan shaxsning ichki kechinmalari, hissiyoti talqiniga bag‘ishlangan.
Lirik qahramon tun manzarasini daryoning qarshisida kuzatadi. Tunda hammayoq sokin, shuning uchun bo‘lsa kerak, ushbu ajabtovur sukunat har qanday insonni beixtiyor ravishda o‘ylarga cho‘mishiga sabab bo‘ladi. Lekin hayot davom etayotgani, hech bir narsa tinim bilmasligi anglashiladi.
Odatda, suvning oqishi davomida chiqadigan ovoz "shovullamoq" "shildiramoq", "jildiramoq" kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. Hamid Olimjon daryo suvini esa "shag‘irlaydi" degan o‘ziga xos so‘z bilan tasvirlaydi. Daryoning shag‘irlashi esa butun borliqni qamrab oladi. Shoirning nazarida "vahm to‘lgan jar", "qorong‘u dunyo", "vodiy, daralar" - hammasi daryoga qo‘shilib shag‘irlaydi. Ana shu ovozlar shoirga uyqu bermaydi, bu manzara uning ilhomini qo‘zg‘atadi.
Daryo suvi va osmon tunda uyg‘unlashib ketganday tuyuladi. Bu holat-manzarani shoir yerning osmonga o‘ranib uxlashiga qiyoslab, o‘ziga xos tasvir etadi. Lirik qahramon tun manzarasidan hayajonlanib soyga tushganda quyidagi holat ro‘y beradi:

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin