Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Muhammad al-Xorazmiy ilgari surgan ta’limiy g’oyalar



Yüklə 51,1 Kb.
səhifə5/11
tarix09.05.2022
ölçüsü51,1 Kb.
#115659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiya” fa

2.Muhammad al-Xorazmiy ilgari surgan ta’limiy g’oyalar

Sharq ilk Uyg‘onish davri IXasrdan boshlanib XIIasrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir gumh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari- Abbosiylar sulolasidan ma’lumish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘gii al-Ma’mun (813-833) davrida Bag‘dod Sharqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa,falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi.

Bag‘dodda ochilgan “BaytuI Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, Shosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va xattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi.

“Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso al-

15


Xorazmiy boshchilik qildi.

“Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo’lib, ulardan biri Bag‘dodning Shamossiya

mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun togida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zijji ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi.

Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo’lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo’llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi.

Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan.

Al-Xorazmiy “Ziji”dan tashqari Quyosh soatlari, astrologiyaning tuzilishi va qoilanishiga oid “Kitob ul-amal bil asturlabat” (“Astrologiya bilan ishlash haqidagi kitob”) risolasini ham yozib, amaliy falakiyotning rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiyning bu astronomiyaga oid asarlari Quyosh, Oy va

16

Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va koi suvlari harakatini yo’lga solishda, sel va toshqinlarning oldini olishda, olis joylarga dengiz orqali va qumqlikda safarga chiqqan vaqtda astronomik chamalashda, suvsiz yerlarga suv chiqarish va suv inshootlarini bunyod etishda, qishloq xo‘jalik ishlarining boshlanishi yoki tugallash vaqtini belgilashda, dehqonchilik uchun kerak bo’lgan mavsumiy kalendarlarni tuzishda, xalqning kundalik amaliy maqsadlari va hayotiy ehtiyojlariga hojatbaror bo‘ldi.



Shuningdek, al-Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari

ma’lumotlaridan ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab

rasadxonalarda foydalanib kelindi. Xususan, Sharqda va G‘arbiy

Yevropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo bo’lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug’ salohiyati, qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati, tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg‘or ma’rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga keng yo‘l ochdi.

Uning kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi.

Shuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy kashfiyotlari

17


bilan o‘zidan keyingi butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi.

Al-Xorazmiyning quyidagi so’zlari uning dunyoqarashini belgilab beradi. Algebraga doir “Al-jabr muqobala hisobihaqida qisqacha kitob” asarida u aytadi: “Men kishilarga hisoblashda nima kerakligini (tekshirib) qaraganimda, buning hammasi son ekanligini ko‘rdim”.

Xulosa qilib aytganda, Muhammad al-Xorazmiyning matematik asarlaridagi meros taqsim qilishga doir masalalar qaysi zamonda, qaysi davrda bo‘masin, na faqat musulmon huquqi uchun, balki hozirgi kundagi huquqshunoslik fani taraqqiyoti uchun ham nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

18



Yüklə 51,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin