Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/16
tarix23.10.2017
ölçüsü0,79 Mb.
#11689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Qobiliyat va zehn. O‘qituvchining o‘z qobiliyatini rivojlantirib borishi.

Zehn qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, nafas yo‘llarining, tovush paychalari va tomon ustki qismining tuzilishi o‘quvchida vokal qobiliyatlar, diktor, lektor bo‘lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zehn kurtak bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, har qanday zehn turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, pedagog murakkab sharoitni tezda o‘rganib olishi, to‘g‘ri javob yoki xatti-harakatni o‘z vaqtida topa bilishi, o‘z diqqatini bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko‘chira olishi mumkin.

Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zehnning mavjudligi muhimdir. Zehn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatga nisbatan ajoyib zehnli bo‘lishi mumkin, agarda sharoit bo‘lmasa, mana shu zehn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mana, mustaqil Respublikamiz o‘z huquqini qo‘lga olgandan so‘ng turli kasb egalari turli-tuman, yangi-yangi ixtirolar qilmoqdalar, qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (muzika, sport, olimpiada o‘yinlari va b.) namoyish etib kelmoqdalar. Zehnning rivojlanish sharti, bu – avvalo, faoliyat, ya’ni pedagog – tarbiyachi tomonidan bajariladigan, so‘ngra tobora mustahkamlanib boradigan, chuqur ijodiy faoliyatdir. Kishi o‘z zehnini mustahkamlash uchun juda ko‘p mehnat qilishi kerak bo‘ladi.

Maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi bevosita o‘qituvchi – tarbiyachi rahbarligida olib boriladi. O‘quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste’dod nishonalari zehnini hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo‘lishi bolaning favqulotda zehnga ega ekanligini ko‘rsatadi. Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko‘pincha, shu kishilarning hayot yo‘lini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib qo‘yamiz. Holbuki, shu odamlarning maslahati, qo‘llab-quvvatlashi shunday mashhur kishilar yetilib chiqqanligidan guvohdir.

Shaxs qobiliyati rivojlanishining yana bir sharti – ta’limning unumli mehnat bilan qo‘shib olib borilishidir. Ikkinchidan, qobiliyatlarning rivojlanishi bilim, ko‘nikma va malakalar egallash bilan bevosita bog‘langandir. Agar bola ma’lum yetarli bilimga ega bo‘lmasa, u har qancha harakat qilsa ham o‘z qobiliyatini yuzaga chiqara olmaydi. Demak, hayot yo‘lini aniqlab olish, iroda va xarakterni, o‘z-o‘zini tarbiyalab borish qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir.

Pedagogik mashq

Maktab amaliyoti tajribasida pedagogik faoliyatdagi ba’zi jihatlarni baholang. Bunday holatni tipik hol deb hisoblash mumkinmi?

Maktab amaliyotida o‘qituvchilar mehnatining natijasi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash bilan hal etiladi. Ammo maktab faoliyatida ba’zan faqat nomigagina ishlaydigan o‘qituvchilar mavjudligi umumiy maqsadni amalga oshirishga xalal beradi. Bu toifadagi o‘qituvchilar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ishga solishga harakat qilishmaydi. Hamda ularning mehnat natijalari ham shunga yarasha bo‘ladi.

Vaziyatni tahlil qiling.

1. Nomigagina pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ish uslubi umumiy maqsadni amalga oshirishga imkon beradimi?

2. O‘qituvchi pedagogik faoliyatda samarali natijalarga erishishi uchun qanday pedagogik kasb sifatlarini o‘zida shakllantirmog‘i zarur?

3. Siz kelajakda qanday ish uslubida ishlaydigan o‘qituvchi bo‘lmoqchisiz?

4. Sizningcha nomigagina ishlaydigan o‘qituvchilarni bartaraf etish muammosini amalda qanday hal etsa bo‘ladi?
Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Pedagogik qobiliyat nima va uning qanday turlari mavjud?

  2. Pedagogik mahorat qanday elementlardan tashkil topgan va u pedagogik faoliyatda qanday ahamiyat kasb etadi?

  3. O‘qituvchining kasb sifatlari nima va u qaysi elementldardan tashkil topadi?

  4. Kasb sifatlari qanday shakllanadi va uni tarkib toptirishda qanaqa muammolar mavjud?

  5. Sizningcha o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda qanday muammolar bor va ular qanday hal etilishi mumkin?



3-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT VA UNI EGALLASH YO‘LLARI

Reja:

1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati.

2. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: tushunarli, ta’sirchan fikr va his- tuyg‘ularini sо‘zda aniq ifodalash.mahoratli, aniq imo- ishoralar,pedagogik qobilyatla.

1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati.

Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.

Har bir mohir pedagog o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirishi va mazkur masalalarni hal qilishi pedagogdan odatdan tashqari kuch-g‘ayratni, qat’iyatni, tirishqoklikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi kollektivga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.

A.S.Makarenko aytganidek, “Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, agar u bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga tayana olmas ekan, ularni rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya’ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi.

Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir-biri bilan sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi bolalarning ijodiy kamolatiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi”.

Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘la olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi.



Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: (1-chizma)

a) o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi;

b) ixtisosga doir bilimlar mutaxasislik fanini, uning o‘qitish metodikasini, pedagogika va psixologiyani chuqur bilish;

v) pedagogik qobiliyat (bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, obro‘ orttira olish, to‘g‘ri muomala qila olish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari va pedagogik nazokat, odob-axloq);

g) pedagogik texnika (nutq malakasi, mimikaning pontamimik ifodaliligi, o‘z hissiy holatini boshqarishi)

1-chizma


























“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”, – degan edi milliy tarbiyamiz dahholaridan biri A.Avloniy. Hayot, najot, saodatga eltuvchi ish, tarbiyani amalga oshiruvchi zot o‘qituvchidir. Bolalarga yaxshilik va mehribonlik qilish ichki kechinma va holatigina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv, asosiy rag‘bat bo‘lishi kerak. Bolalarga yaxshilik qilishimiz va mehribonligimiz, ular bilan qo‘pol muomalada bo‘lishimizga, ularning nafsoniyatini va qadr-qimmatini siqishtirishga, ularga baqirish va ularni qo‘rqitish, ulardan har birining qayg‘u alamini sezmaslikka va har biri erishgan yutug‘idan xursand bo‘lmaslikka, ularga yordamga kelmasligimizga, ishonchsizlik ko‘rsatishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehri daryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtga erishadi.

Insonparvar pedagog bolalarni bilim bilan tanishtirayotganda ayni vaqtda ularga o‘z xarakterini bera oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi. Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q. Shuning uchun bola o‘qituvchisini yaxshi ko‘rib qolsa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o‘qituvchining zarur ishi, faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi ko‘rgan bola bilimlar olamiga kirib boradi. Jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtira boradi. Ta’lim va tarbiya metodlari, usullari, formalari pedagogning bolalarga mehr-muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi.

Avvalambor, o‘qituvchining o‘zi yetuk shaxs bo‘lishi kerak, negaki yetuk shaxsni faqat yetuk, barkamol shaxs tarbiyalab bera oladi. Insonparvarlikni faqat qalb mehrigina berishi mumkin. U, albatta, keng ma’lumotli ijodiy kishi bo‘lishi kerak, negaki bilim ishtiyoqini faqat shu ishtiyoqda yongan kishiga yoqishi mumkin.

Pedagogik mahorat, bu – pedagogik (o‘quv tarbiyaviy) jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash va qobiliyatni shakllantirish hamda ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.

2. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi maqsad, ob’ekt, sub’ekt va vositalardan tashkil topadi.

Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat:

1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini (ketma-ketligini) ta’minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.

2. Pedagogik faoliyat doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha bo‘lmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishishi o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olish zarur. Gyote ta’kidlaganidek, “Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi”.

3. Pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shunchalik murakkabki, pedagogning maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugunning tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Bunyodkor pedagoglardan biri SH.A.Amonashvili bu nomuvofiqlikni “tarbiyadagi asosiy fojia” deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyati mantig‘ini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.

Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:


  • jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining “o‘sib”, uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;

  • muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;

  • o‘quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish zarur.

Pedagogik faoliyat ob’ektining o‘ziga xosligi. Bu faoliyatning ob’ekti insondir. Pedagog tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob’ektning o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:

1. Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining indvidual sifatlari, ro‘y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, “Har bir shaxs takrorlanmasdir”. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning ob’ekti bir paytning o‘zida bu faoliyatning sub’ekti bo‘lib hisoblanadi.

2. Pedagog doimo o‘zgarib, o‘sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ba’zan sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo‘nalishda ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchining o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi. Masalan, diniy ekstremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to‘g‘ri anglashga undash va h.k.

Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur. Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi hamkorlik pedagogikasi bo‘lib, u o‘quv yurtidagi tarbiyaviy munosabatlarning insonparvarlashuvi va demokratlashuviga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quvchilar faolligini oshirish, ularni pedagogik jarayonning ishtirokchisiga, o‘qituvchining esa uning mehribon ustoziga aylanishi muhimdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’kidlanganidek, ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, mamlakatimiz ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biridir.
Mustahkamlash uchun savollar:

1. Pedagogik mahoratni egallashda qaysi jarayonlarga e’tiborni qaratish zarur?

2. Pedagogik mahoratni egallashda pedagogik qobilitlarning roli qanday vazifani bajaradi?.

3. Pedagogik mahorat fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?



4-MAVZU: PEDAGOGIKA FANI VA UNING METODLARI

Reja:


  1. Pedagogika fanining vazifalari ҳақида тушунча.

  2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.


Tayanch tushunchalar: Tarbiya pedagogikaning muhim tarkibiy qismi, bola tarbiyalash, barkamol shaxs, shaxs, ta’lim, tarbiya, bilim kо‘nikma, malaka, , rivojlanish,
Pedagogika – (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va uning faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va boshqa muammolarni tadqiq etadi.

Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ta’lim turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Tarbiya ijtimoiy hayot hodisasidir. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo‘lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (o‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlangan.

Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshlandi. Erkin fuqarolarni tarbiyalashning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi.

Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o‘rin olgan Sharq Uyg‘onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi – o‘rta asrlar davrida sodir bo‘ldi. Sharqda buyuk allomalar – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, g‘arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.

Savdo va hunarmandchilik negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiharishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o‘z ifodasini topdi. Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan mutafakkirlar: g‘arbda – Y.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar hamda ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish» davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.

Respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmun hamda yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kabi meyoriy hujjatlarda belgilab berilgan. Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganadi.

Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:



  1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.

  2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  4. Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.

  8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin