O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
|
|
«Tasdiqlayman»
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
________ D.U.Ergashev
«__» __________2019-yil
|
BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
fanining ishchi o`quv dasturi
IV-kurs
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 - Pedagogika
|
Ta’lim yo`nalishi:
|
5111800 – Maktabgacha ta’lim
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semester
|
VIII
|
|
|
1
|
Ma’ruza
|
30
|
30
|
|
|
2
|
Amaliy
|
28
|
28
|
|
|
3
|
Seminar
|
20
|
20
|
|
|
4
|
Mustaqil ta`lim
|
22
|
22
|
|
|
5
|
Umumiy soat
|
100
|
|
|
|
6
|
Auditoriya soati
|
78
|
|
|
|
Toshkent 2019
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201__ yil “___” _________________ dagi “___”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Bolalarni maktabga tayyorlash” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
|
|
Xasanova SH.T -
|
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
|
|
Sh.Shodmonova
|
Nizomiy nomidagi TDPU p.f.d.prof.
|
M.H.Tadjieva
|
Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p.f.n.dots.
|
Nizomiy nomidagi TDPUning “Maktabgacha ta’lim” fakulteti dekani:
2019 yil “___” __________________________________ M.T.Mirsolieva
(imzo)
Nizomiy nomidagi TDPUning “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi”
kafedrasi mudiri:
2019 yil “___” _________________________________G.N.Ibragimova
(imzo)
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti Kengashining 201__ yil “___” _________________ dagi “___”-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Ushbu dasturda bolalarni maktabga tayyorlashning metodlari, bolalarni maktab ta'limiga umumiy va maxsus tayyorlash, bolaning maktab ta'limiga ta'sir etuvchi omillar, bolalar bog’chasi va oilaning bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdagi o’rni, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim muassasasi va oila oldida turgan muammolar kabi masalalarni qamraydi. Dastur «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim – tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari», «O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’isidagi Nizom» asosida tuzilgan. Mazkur xujjatlar maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jixatdan rivojlantirish hamda maktabga tayyorlash uchun asosiy manba bo’lib xisoblanadi.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- maktabgacha ta`limning maqsadi va vazifalarini, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish ekanligini yaxshi bilishi; maktabgacha ta`limning vazifalarini bilishi; bolaning maktab ta`limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishi kerak;
- bolani maktab ta`limiga tayyorlashga ta`sir etuvchi omillarni bilishi; bolaning maktab ta`limiga tayyorlashni aniqlash yo’llari va vositalari; bolalar bog’chasi, maktab va oilaning hamkorligi to’g’risida bilimlarga ega bo’lishi; oilada bolani maktabga tayyorlash metodi va usullari; oilada bolani maktabga tayyorligini aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- bolalarni maktab ta`limiga tayyorgarligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risida bilimga ega bo’lishi; bolaning maktab ta`limiga tayyorlik darajasini aniqlash va tahlil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
2. Ma’ruza mashg’ulotlari
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |