O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Retrospektiv epidemiologik tahlil



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə106/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Retrospektiv epidemiologik tahlil 

1. Kasallikning ko’p yillik dinamikasi va har yillik dinamikasini tahlil qilish.


2. Shigellyoz kasalligining har xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil
ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish.



146
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalarini umumlashtirib shigellalarga


qarshi kurash chora-tadbirlari darajasi asoslab beriladi. Epidemiologik nazoratning
boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish retrospektiv epidemiologik tahlil
natijalariga asoslanadi va Shu asosda shigellyozlarga qarshi kurashish uchun
kvartal, yillik va besh yillik rejalar tuziladi. Shu rejalarni bajarilishi nazorat
qilinadi.

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 

Kasallik manbaiga qarshi o’tkaziladigan chora-tadbirlar:


1) Ichburug’ kasalligi bilan og’rigan bemorlarni erta aniqlash.
2) Erta diagnostika. Erta diagnostika uchun qo’llanadigan usullar:
- bemorlarni so’rab - surishtirish, ko’zdan kechirish, laboratoriya
tekshiruvlariga material yig’ish;
- oilada bemor kishilar bilan muloqotda bo’lganligi aniqlanadi, bundan
tashqari bog’chada, ishxonada va boshqa joylarda muloqotda bo’lganlar
ovqatlanganligi hamda qaysi suv manbaidan suv ichgani haqida ma’lumot olinadi;
- ichburug’ga Shubha tug’ilgan bo’lsa, u holda yuqumli kasalliklar kabinetida
vrach bilan konsultaciya o’tkaziladi.
3) Kasallik haqidagi shoshilinch xabarnoma F.058/X DSENMga yuboriladi.
4) Infeksiya manbaini aniqlash maqsadida o’choqda epidemiologik
tekshiruvlar o’tkaziladi, ya’ni kasallikning tarqalish yo’llari, uning chegarasi va
unga qarshi chora-tadbirlar ko’riladi.
5) Bemorlar shifoxonada davolanganlaridan keyin agar najas, tana harorati
normallashsa, albatta bakteriologik tekshiruvning 1 marta javobi (-) manfiy bo’lsa,
u holda bemorga shifoxonadan javob beriladi. Bakteriologik tekshiruv davo
tadbirlari yakunlangach 2 kundan keyin o’tkaziladi. Ovqatlanish korxonalarida
ishlovchi xodimlarda bakteriologik tekshiruvlari 2 marta o’tkazilib manfiy javobi
bo’lgandan keyin shifoxonadan javob beriladi.
6) Maktabgacha bo’lgan, bog’cha va bog’cha yoshigacha bo’lgan bolalarga
shifoxonadan javob berish uchun davolashdan keyin tana harorati va najas
normallashsa, bakteriologik tekshiruvlari (-) manfiy bo’lsa uyga javob beriladi.
7) Kasallikni surunkali shakliga kelganda, u holda ularni shifoxonadan javob
berish quyidagilarga asoslangan holda, ya’ni intoksikatsiya yo’qolishi, 10 kun
davomida najasning normallashishi, bakteriologik tekshiruvlarni 1-chi martasidagi
manfiy javobga qarab uyga javob beriladi.
8) Bemor shifoxonada davolangandan so’ng davolovchi vrach kasallik
tarixidan, ko’chirmani poliklinikaga o’tkazishi lozim. Unda kasallikning kechishi,
o’tkazilgan davo haqidagi ma’lumot, bakteriologik tekshirishlarning javoblari
hamda bemor haqidagi klinik xarakteristikasi bayon etiladi.
9) Ovqatlanish korxonalaridagi ishlovchi xodimlar shifoxona vrachi
tomonidan
berilgan
ma’lumotnoma
asosida qo’shimcha
bakteriologik
tekshiruvlarsiz ishga ruxsat etiladi.
10) Agar bemorga javob berishdan oldin bakteriologik tekshiruvlari musbat



147
javob bersa, u holda bunday bemorlarning davolanishi davom ettiriladi. Kontrol


bakteriologik tekshiruvlari yana musbat natija bersa, u holda bunday bemorlar
dispanser nazorati ostiga olinadi hamda ular o’z kasbini o’zgartirishlari lozim
bo’ladi. Bundan tashqari, agar bemorlarda kasallik qo’zg’atuvchisi 3 oy davomida
aniqlansa, u holda infeksionist, terapevt, emidemiolog vrachlarining xulosalariga
asoslanib bemorlar o’z kasblarini o’zgartirishlari lozim.
11) Bolalar uyidagilar va maktab internatdagi bolalar sog’ayganlaridan so’ng
bolalar jamoasiga ruxsat etiladi. Lekin 2 oy mo-baynida ovqatlanish joylarida
navbatchilik qilishlariga yo’l qo’yilmaydi
12) Agar bolalar ichburug’ kasalligining surunkali shaklini o’tkazgan bo’lsa,
u holda najas 5 kundan so’ng normaga qaytganligiga, tana haroratini
normallashganligiga, klinik sog’ayishiga asoslangan holda bolalar jamoasiga
qo’shilishiga ruxsat etiladi.
13) Ichburug’ kasalligining surunkali shakli bilan og’rigan bemorlar 3 oy
davomida infeksionist vrach nazorati ostiga olinadi, har oyda bakteriologik
tekshiruvdan o’tishlari kerak.
14) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar 3 oy davomida infeksionist
nazorati ostida bo’lib, har oyda 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari lozim.
15) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar agar kasallikning surunkali
shakli bilan og’rigan bo’lsa, u holda 6 oy dispanser nazorati ostida bo’lib, har oyda
bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Klinik to’la-to’kis tuzalganlaridan
keyin yana o’z joylariga ruxsat beriladi.
16) DSENMga yuboriladigan hamma xabarlar 060 jurnaliga qayd qilinadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin