45
ishlarini olib borish talab etiladi. Shuning uchun epidemiyaga qarshi kurashish
tizimiga o’quv va ilmiy tekshirish tarmoqlari ham kiradi.
Aholiga epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatishda sanitariya epidemiologiya
xizmati alohida o’rin tutadi. Sanitariya epidemiologiya organ-lari va idoralari
tashkilotchilik faoliyatlarining murakkabligi shundaki, yuqumli kasalliklarning
oldini olish va ular bilan kurashish jarayonida juda ko’plab kuch va mablag’lar
ko’pchilik hollarda bu organlarga bo’ysunmaydigan idoralarni jalb qilishlari kerak.
Bunday vazifalarni bajarish sanitariya epidemiologiya organlari va idoralarining
nazorat qilish va metodik faoliyatlari bilan bog’liqdir.
Hukumat qarorlarini, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi chiqargan buyruq
va ko’rsatmalarni, mahalliy sog’liqni saqlash organlarining buyruq va
ko’rsatmalarini, davlat organlari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari
javobgar shaxslar va alohida fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qilish davlat
sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlariga yuklatilgan. Bu ularning
nazorat qilish faoliyatiga taalluqlidir.
Sanitariya epidemiologiya xizmatining nazorat qilish faoliyatlari ma’lum
qonunlar va huquqlar bilan mustahkamlanib qo’yilgan.
Turli xil bajaruvchilar guruhlari o’rtasida epidemiyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlarini birgalikda amalga oshirish jarayonida tashkiliy hamkorlik va
axborot aloqalari o’rnatiladi. Bu hamkorlik va aloqalar bir xil sohadagi
idoralardagi vertikal bo’yicha, har xil sohadagi idoralarda gorizontal bo’yicha
o’rnatiladi. Barcha idoralarning kelishilgan holda ishlashi, aholiga epidemiyaga
qarshi kurashish xizmati chora-tadbirlarini to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga
qaratilgan.
Epidemiyaga qarshi kurashish jarayonida har xil sohadagi mutaxassislarni
qatnashishi, ular o’rtasidagi o’zaro tashkiliy munosabatlar o’rnatish ba’zida
ma’lum qiyinchiliklarga ham olib keladi. Chunki epidemiyaga qarshi kurashishga
jalb qilinadigan har xil sohadagi kishilar bajarishi lozim bo’lgan ishlar, ularning
o’zlarining asosiy funksiyalari bo’lmaganligi va bu kishilar har xil
ma’muriyatlarga mansub bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning
yo’qligidan kelib chiqadi. Shu sababli sanitariya epidemiologiya muassasalarining
mutaxassislari epidemiologik diagnozlar, epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar
natijalariga asoslanib, bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni rejalashtiradilar va bu
ishlarni bajarish lozim bo’lgan tashkilotlarni, muassasalarni va xodimlarni aniqlab,
ular bajarishi kerak bo’lgan ishlarni isboti bilan ko’rsatib, bajarilish muddatlarini
ham belgilab, bu rejalarni mahalliy hokimiyat kengashlarida tasdiqlab olganlaridan
keyin bu rejalar yoki hujjatlar kuchga kiradi va ushbu hujjatlarda ko’rsatilgan
chora-tadbirlarni mazkur tashkilot va korxona xodimlari tomonidan bajarilishi
shartdir. Bajarilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi xabarlar davlat sanitariya
epidemiologiya nazorati markazi va boshqa tashkilotlar xodimlari o’rtasidagi
o’zaro axborot aloqalari tufayli amalga oshiriladi.