Оалдцаеццаыц


Voleybolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik



Yüklə 293 Kb.
səhifə2/11
tarix26.11.2022
ölçüsü293 Kb.
#119963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat, tahlil

Voleybolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik
masalalarini yoritish

Jismoniy madaniyat komil insonni jismoniy tarbiyalashdek muqaddas vazifalarini bajarishida barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish» to’g’risidagi Farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab harakatli o’yinlar vositasi bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin.(5)


O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’g’risida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyat muhim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan jismoniy madaniyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz», - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi-ning birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismonan rivojlangan, mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov «Sog’lom avlod uchun» ordenini topshirish marosimida so’zlagan nutqlarida alohida ta’kidlab o’tganlar: «Biz naslimizning kelajagi sog’lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg’arma tuzdik. Sog’lom avlod deganda biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo’lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hyech kim hyech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog’imiz kerak».(8)
Zamonaviy voleybolda samarali o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat o’ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshirilishi mumkin V.A.Titar.
J.Nurshin, R.Salomov, F.Kerimovlar malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, Ushbu jarayonni texnik mahoratini shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tadi. O’zbekcha milliy kurash bilan shug’ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarning rivojlantiruvchi ko’pdan-ko’p mashqlar va ularni qo’llash uslublarini yoritib berganlar.
V.S.Daxnovskiy va boshqalar tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib beradi. (26)
Kuch va tezkorlik-kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda ehtiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida ta’kidlab o’tilgan (A.V.Zimkin, V.M.Zasiorskiy, V.S.Tumanyan, V.N.Platonov, V.P.Filin, Yu.V.Verxoshanskiy, F.A.Kerimov va boshqalar).
R.A.Piloyanni fikriga ko’ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o’sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 11-12 yoshli bolalar mashg’ulotlarida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini ko’paytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda – tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda – egiluvchanlik va tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov, V.P.Filinlar ham qo’llab quvvatlaganlar.(40)
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (N.A.Belyayev, E.A.Sergeyev, A.M.Naraliyev, Chan Suan Dong, Ye.V.Fomin, M.I.Popichev va boshqalar).(27)
Jumladan, A.M.Naraliyev vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilar tezkorlik-kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyatini afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchning rivojlanishida Ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta oldin 3 martadan o’tkazib turish lozim bo’ladi.
Chan Suan Dong o’z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum qiladiki, voleybolchilarning o’yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili.
Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa ko’rinib turibdiki, zamonaviy voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqa o’yinlarida ijro etiladigan aksariyat malakalarni (to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish, uzatish, qabul qilish) samarali bajarish uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 4 va 5 partiya davom etadigan o’yinlarda mazkur sifatlarning ahamiyati yanada ortadi.
Yu.D.Jeleznyakning fikricha voleybolga ixtisoslashgan mashg’ulotlar bilan ilk bor shug’ullanishni 11-12 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o’zining tadqiqotlarida aynan shu yoshda bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal o’stirish imkoniyatlarini ochib beradi.(28,29,30)
Isbot qilinganki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarning kelajakdagi iste’dodini aniqlashga yordam beradigan test mashqlarini tanlash bili shva qo’llash katta ahamiyatga ega. E.A.Sergeyev bunday mashqlar qatoriga birinchi navbatda sakranganlik va chaqqonlikni baholovchi mashqlarni kiritish mumkinligini ta’kidlaydi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida asosiy jismoniy sifatlarini, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkonini beruvchi test mashqlari tarkibini oshirish tavsiya etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi – sportchini har tomonlama rivojlantirish, uning funksional imkoniyat-larini oshirish va salomatligini mustahkamlashdir. Voleybolchi jismoniy tayyorgarligining konkret bo’limlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan:
1) organizm funksional tayyorgarlik darajasining safarbarlik imkoniyatlarini oshirish;
2) o’yin faoliyati effektivligini ta’minlab beradigan jismoniy fazilatlar: kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan bevosita bog’langan kompleks jismoniy qobiliyatlar – sakrovchanlik, start tezkorligi va Irg’ituvchanlik sharakatining quvvati, o’yin chaqqonligi, o’yin chidamliligi va atletik tayyorgarlik darajasini oshirish.
Umuman olganda, jismoniy tayyorgarlik jarayoni sportchining organizmida voleybol o’yiniga xos bo’lgan katta jismoniy nagruzkalar ta’sirida ko’nikish hosil qilib borishi kerak. Bunda funksional va atletik tayyorgarlikning asosiy vositalari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular o’zining asosiy yo’nalishiga ko’ra quyidagi gruppalarga bo’linadi:
a) organizm ichki sistemalarining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan mashqlar;
b) kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik,egiluvchanlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar.
Voleybolda jismoniy tayyorgarlik xarakteri kompleksli bo’lganligi uchun ham trenirovka jarayonida turli metodlar va tashkiliy-metodik formalardan, ya’ni:
1) «aylanma» trenirovka variantlaridan;
2) «qo’shma ta’sir» metodtdan vash u asosda jismoniy tayyorgarlikning (texnika, taktika bilan bevosita chambarchas bog’langan) boshqa turlaridan birgalikda foydalanishga yaratiladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday sport turi vositalaridan foydalangan bo’lsa, u o’sha sport turi texnikasining elementlarini to’la egallab olishi kerak, chunki harakat malakasi faqat to’g’ri tuzilgan taqdirdagina ayrim jismoniy fazilatlar foydali bo’lishi mumkin.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik – sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri – voleybolchilarni har tomonlama rivojlantirish va uni to’laqonli jismoniy o’sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarini takomil-lashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. UJT voleybolchini maxsus tayyorgarligini ta’minlashda paoydevor bo’lib hisoblanadi. UJT kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlikni tarbiyalash o’z uslublari hamda vositalari bilan sport turining spesifik xususiyatini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
Umumi jismoniy tayyorgarlik. sportchi tayyorgarligining bu tomoni sportning takomillashuvining boshlang’ich bosqichida sportning har xil turida aynan bir xil qismda bo’ladi. U mashqlarni keng doirada qo’llab organizmni ishlash qobiliyatini tarbiyalab, umumiy funksional imkoniyati darajasini oshirishi kerak.
U har tomonlama chidamlilik, tezlik, kuchlilik, o’zaro muvofiqlashtirish qobiliyatlarini rivojlanishini tezlashtirishi kerak. Sportchining muntazam ravishda harakatlanuvchi malaka va qobiliyatini boyitishi kerak.
Sportning u yoki bu turida yuqorida ko’rsatib o’tilganidek UJT ham aniq xususiyatlarga ega. UJT – qonuniylik asosida mashg’ulot taassurotidan, tayyorgarlik mashg’ulotidan, sportning berilgan turi bo’yicha musobaqalarida bajariladigan asosiy harakatlarga o’tiladi. O’tish salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin. Albatta, UJT ni sportning har bir turida shunday tashkil qilish kerakki, ya’ni, ijobiy o’tishni ishlatmoq kerak va salbiy o’tish xavfini yo’qotish kerak.
Shundan kelib chiqadiki, tanlangan soha bo’yicha, uni qo’llash uslubida va qo’llaniladigan vosita sifatida UJT ning har bir sport turida muhim farqi bor. UJT – muttasil, har doim va uzluksiz bo’lgandagina o’z maqsadiga erishadi. U mashg’ulotning asosiy bo’limi hisoblanadi va uning barcha bosqichlarida, sportchilarning barcha tayyorlanish jarayoniga kiradi. U o’zining ahamiyatini eng yuqori pog’onaga erishganda ham yo’qotmaydi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – bu sportchining tanlagan sport turi xususiyatiga mos jismoniy sifatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish hamda uning funksional imkoniyatlari doirasini kengaytirish asosida yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan jarayondir. Uning vositasi voleybol xususiyatiga mos jismoniy sifatlarni shakllantirish. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini hamda hosil bo’ladigan natijalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Sport trenirovka jarayonining davr va bosqichlariga qarab umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining hajmi nisbatan turlicha bo’ladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) sport faoliyatidagi dolzarb muammolardan biridir va barcha sport turlarida yuksak sport natijalarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega (V.V.Kuznesov, Ye.V.Fomin, Chan Suan Dong). Shuning uchun maxsus jismoniy sifatlarni (MJS) rivojlantirish sportchilarni musobaqa oldi tayyorgarligining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. (32,40)
Voleybolchilar trenirovkasining muvaffaqiyati o’yinchilar maxsus jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasini aniq va to’g’ri nazorat qilinishiga bog’liqdir. Pedagogik nazorat alohida MJS ni o’zgarish darajasi dinamikasini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin