Kurs ishining ilmiy ahamiyati.
Boshlang‟ich ta‟limda ko`rgazmalilikni tashkil qilish yo`llarining nazariy
tomonlarini dars ishlanmalari asosida ochib berish.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati ishlangan tavsiyalar boshlang`ich
ta`limning amaliy mashg`ulotlarida qo`llanishi mumkin.
.
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan
qiziqishini oshirishda ko’rgazmalilikning ahamiyati
Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini
mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va ko‟rgazma
manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o‟zini ko‟rsatish
imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo‟layotgan
hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko‟rgazmalilik
a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular
ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma,
daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli
munosabatini aniqlaydi;
b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning miqdori
sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli munosabatini o‟z holicha
va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi.
Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar,
chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida
va uning turli xil bo‟limlarida ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.
• Ko’rsatmali qo’llanmalar ko’rsatmalilikning quyidagi har xil turlari
bilan foydalaniladi.
•
1. Tabiiy ko’rsatmalilik o’quvchilarni mavjud ob`yektlar,
o’simliklar, hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni
taqoza etadi;
•
2. Hajmli ko’rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir.
Bu esa fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir;
•
3. Ovozli ko’rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun
ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon
yozuvlarini eshitish, ovozli kino;
•
4. Simvolik va grafik ko’rsatmalilik – xaritalar, rejalar,
sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli
umumlashgan simvolik ko’rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni
rivojlantiradi.
•
Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda
ko’rsatmalilikning ana shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki
yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarini topshirish kerak.
• kerak.
Ko’rsatmalilik ayniqsa o’quvchilar o’rganiladigan u yoki bu
narsalar to’g’risida muayyan tasavvurga ega bo’lmagan
paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unitmaslik lozimki,
ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik
yoki ularni noto’g’ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Ko’rgazmali o’qitish - bu o’quvchilarning tegishli
kuzatishlariga taynlanadigan o’qitishdir, biroq ko’rgazmali
o’qitishni faqat ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanib o’qitish
deb tushuntirish kerak emas. Ko’rgazmali qurollar
boshlang’ich sinflarda dars berishda juda muhim rol o’ynaydi.
Darslarning qiziqarli, mazmunli bo’lishini ta’minlaydi .
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga
oshirishda bir tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga,
ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi
holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi holda ko’rsatmali
qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning
tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
|