Ko‟rsatmali qo‟llanmalardan foydalanish o‟qitish jarayonida ko‟rsatma
qo‟llanmalardan turli maqsadlarga yangi material bilan tanishtirish uchun, bilimlar,
o‟quv malakalarini mustahkamlash uchun yangi bilimlarning qanday
o‟zlashtirilayotganini tekshirish uchun foydalaniladi. Ko‟rsatma qo‟llanma bilim
manbai sifatida qaralganda uning umumlashtirish uchun asosiy bo‟lgan tomonini
alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim bo‟lmagan narsa-umumlashtirish
uchun asosiy bo‟lgan tomonini alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim
bo‟lmagan narsa-ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko‟rsatish kerak.
Masalan, to‟g‟ri to‟rtburchaklarning modellarini turli o‟lchamli qilib olish kerak-bu
bolalarga qarama-qarshi tomonlarning tengligi istalgan to‟g‟ri to‟rtburchakning
umumiy xossasi bo‟lib, uning tomonlari uzunliklariga bog‟liq emasligini
ko‟rishlariga imkon beradi. So‟z idrok qilishni kuchaytiradi, shuning uchun
o‟qituvchining savoli aniq, o‟quvchining kuzatishini yo‟naltiruvchi bo‟lishi kerak.
O‟qituvchi yangi material bilan tanishtirishda ko‟pincha ko‟rsatma qo‟llanmadan
beriladigan bilimlarni aniqlashtirish maqsadida foydalanadi. Bunday holda
ko‟rsatma qo‟llanmaga so‟z bilan tushuntirishning illustratsiyasi (tasvirlanishi) kabi
qaraladi. Masalan, o‟qituvchi masala yechishni topishda bolalarga yordam berar
ekan, masalaga doir sxematik rasm yoki chizma chizadi; hisoblash usulini
tushuntirar ekan, tushuntirishni predmetlar bilan amal bajarish va tegishli
yozuvlar bilan qo‟shib olib boradi va hokazo.