Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


H.Ne’matov, B.Mengliyev. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. – Toshkent, 2017



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   234
hozirgi ozbek tili

H.Ne’matov, B.Mengliyev. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. – Toshkent, 2017. 
 
 
Til leksikasining boyishida so‘z o‘zlashtirish, yangi so‘z yasash alohida rol 
o‘ynaydi.  Biz  nutqda  ayrim  so‘z  yasash  qoliplari  asosida  ko‘plab  so‘zlar 
yasaymiz.  Masalan,  gulchi,  gulli,  gulla  kabi  so‘zlardagi  yasovchi  –chi,  -li,  -la 
qo‘shimchalar eng unumli, eng sermahsul so‘z yasovchi qo‘shimchalardandir. 
Ammo  ular  hosil  qilgan  so‘zlarning  hammmasi  ham  lug‘atlardan  o‘rin 
olmagan.  Masalan,  qalamli,  qog‘ozchi  kabi  so‘zlar  lisoniylashmagan,  ya’ni 
lisoniy  sathdan  o‘rin  olmagan.  Chunki  nutqiy  hodisalarning  lisoniy  sathdan 
o‘rin  olishi  ma’lum  bir  qonuniyatlarga  bo‘ysunadi,  bu  hodisalar  lisoniy  sath 
qo‘yadigan  talablarga  javob  bergandagina  bu  xazinadan  joy  olish  huquqiga 
ega bo‘ladi.         
Demak,  yasama  so‘zlar  lisoniy  ham,  sof  nutqiy  ham  bo‘lishi  mumkin. 
Paxtakor,  ishchi,  kitobchi,  aqlli,  daftarchi,  sharsimon,  uysimonso‘zlarini 
olaylik.Bu so‘zlarni ikki guruhga ajratamiz: 
1)  paxtakorishchiaqllisharsimon
2)  kitobchidaftarchiuysimon
Har  ikkala  guruh  so‘zlari  ham  yasama  so‘z  hisoblanadi.  Biroq  birinchi 
guruh  so‘zlari  qulay,  odatlanilgan,  keng  iste’molli  bo‘lsa,  ikkinchi  guruh 
unchalik qulay emasligi, kam iste’molliligi, favquloddaligi bilan  ajralib turadi.  
Ko‘rinadiki,  birinchi  guruh  ijtimoiylashganlik  xossasiga  ega  va  shu 
boisdan yuqorida aytilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiy. Ikkinchi 
guruh  birliklari  esa  nutqiy  hodisa  ekanligi,  endigina  so‘z  yasash  qolipidan 
chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan. 
Nutqiy yasama so‘zning ayrimi nutqdagina mavjud bo‘lsa, ba’zilari o‘zini 
chiqargan  qolipdan  uzoqlashib,  bir  butun  holda  lisoniy  sathga  “ko‘tarilib 
ketgan" bo‘ladi. 


Ma’ruza matnlari.  
 
96 
So‘z yasash qolipi ham hosilasining lison va nutqqa munosabati jihatidan 
farqlanadi. Ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qolipi 
sifatida farqlash lozim. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin