Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə181/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Eron tog’ligi. Old Osiyo tog’liklari orasida maydoni jihatidan eng kattasi Eron tog’ligidir. Uning maydoni 2,7 mln km2, g’arbdan sharqqa 2500 km, shimoldan janubga 1500 km masofaga cho’zilgan. Eron tabiiy geografik o’lka sifatida shimolda Turon pastekisligi va Kaspiy dengizi, g’arbda Armaniston tog’ligi, janubi-g’arbda Mesopotamiya pastekisligi, janubda Fors, Omon qo’ltiqlari va Arabiston dengizi, sharqda Hind-Gang pastekisligi va Hinduqush tog’lari bilan chegaralanadi. O’lka uchun yoysimon shaklda cho’zilgan chekka tizma tog’lar, ichki keng yassi tog’liklar va berk botiqlar, kam rivojlangan gidrografik to’r, quruq iqlim, cho’l va chala cho’l landshaftlarining hukmronligi xarakterli.
Eron tog’ligining yoysimon cho’zilgan chekka tizma tog’lari ikki polosaga bo’lingan. Shimoliy polosa Elburs, balandligi 2000-3000 m atrofida bo’lgan Turkman-Xuroson, Paropamiz tog’ tizmalaridan tashkil topgan. Bu tizmalarning eng baland joylari Elbursda (Demovend, 5604 m), Turkman-Xurosonning shimoliy qismi Kopetdog’ (Xazormasjid, 3117 m), janubiy qismi Nishapurda (Ko’hi Binlaud, 3314 m) va Bandi Turkistonda 3809 m. Kopetdog’ va Nishapur tizmalari oralig’ida Kuchan-Mashhad botig’i joylashgan. G’arb tomonda bu tog’lar Turkmaniston Kaspiybo’yi pastekisligining janubiy qismi hisoblangan Gorgan pastekisligiga tik tushgan. Janubiy polosa Zagros, Makran va Sulaymon tizmalaridan iborat. Janubiy tizmalarning maksimal balandliklari Zagrosning markaziy qismidagi Baxtiar tog’ massivida (Zardko’h, 4548 m), Sulaymon (Obashta, 3441 m) va Markaziy Makran tizmalari (2293 m) joylashgan.
Eron tog’ligining’ ichki qismi O’rta Eron, O’rta Afg’on tog’lari bilan keng cho’l tekisliklarga va botiqlarga bo’lingan. Ichki tog’larning balandligi 1500-2000
m atrofida. Ularning’ ayrim cho’qqilari 4000 m dan ham oshadi. Jumladan, Ko’hirud tizmasining Xazar cho’qqisi dengiz sathidan 4419 m, Shirko’h cho’qqisi 4075 m, Sarhad tog’idagi Teftan so’ngan vulkani 4042 m baland. Ichki hududda joylashgan Dashti Kabir, Dashti Lut, Jazmuriyon, Seyiston, Registon, Dashti Margoh tekisliklari va botiqlari sho’rhok, gilli, toshloq va qum cho’l landshaftlari bilan band. Tekislik va botiqlar yuzasining balandligi 200 m dan 600 m gacha, tog’ etaklariga yaqin joylarda 800 m gacha boradi. O’lka hududidagi kristall, vulkanik va cho’kindi jinslarda xilma-xil foydali qazilmalar vujudga kelgan. Eronning’ janubi-g’arbiy qismida, Zagros tog’ etaklarida, Kaspiybo’yi pastekisligida neft konlari mavjud. Ichki va chekka tog’ tizmalarida temir, mis, rux, qo’rg’oshin ruda konlari, oltin keng tarqalgan. Shimoliy botiqlardan toshko’mir qazib olinadi. Zagros tizmasining janubiy qismida, ichki hududlardagi sho’r ko’llar atrofida katta zahiraga ega bo’lgan osh, kaliy va glauber tuz konlari mavjud.
Eron tog’ligi subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Ichki tekisliklari va botiqlari tog’ tizmalari bilan o’ralganligi sababli uning hududida quruq kontinental iqlim, yozda yuqori harorat ustunlik qiladi. Tog’likning katta qismida iyulning o’rtacha harorati +24°S atrofida. Markaziy tekisliklarda va janubda harorat
+30°+32°S gacha boradi. Yozda tropik havo shakllanib harorat +40°+50°S gacha ko’tariladi. Yanvarning o’rtacha harorati Kaspiybo’yida +10°S, janubda +15°S. Ichki botiqlarda va tog’likning katta qismida esa 0°S atrofida. Ichki cho’llarda yog’in miqdori 50-100 mm dan oshmaydi. Chekka tog’larning ichki yonbag’irlarida 200-300 mm gacha ko’payadi. Elburs tog’ining shimoliy yonbag’rida va Kaspiy sohilida 1000-2000 mm ni tashkil etadi. Musson ta’sirida bo’lgan Xayber va Sulaymon tog’larining janubi-sharqiy yonbag’irlariga 1000 mm yog’in tushadi.
O’lka yer usti suvlariga juda kambag’al. Daryolari Kaspiy dengizi, Fors va Omon qo’ltiqlari hamda berk havzalarga qaraydi. Eng yirik daryolari Atrek, Gorgan, Gerirud, Keshefrud, Gilmend, Xashrudlardir. Ko’pchilik vohalar daryo vodiylari bo’ylab joylashgan. Yer usti suvlari aholining suvga bo’lgan talabini to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun kishilar ko’pchilik joylarda quduqlar va korizlar qazib yer osti suvlaridan ham foydalanadilar. Eron tog’ligida ko’llar mo’tadil tarqalgan. Biroq ular sayoz, sho’r, aksariyati yozda qurib qoladigan ko’llardir. Bular Daryochai- Namak, Bextegan, Jazmurian, Gaudi-Zira, Sabari va boshqa ko’llardir. Ularning atrofini sho’rxoklar qoplab olgan. Ko’llarning suv rejimi va qiyofasining o’zgarishi atmosfera yog’inlariga bog’liq.
O’lka hududida cho’l bo’z tuproqlari va chala cho’l qo’ng’ir tuproqlari, tekislik va botiqlarda sho’rxok tuproqlar rivojlangan. Ayniqsa Dashti Kabirning katta maydoni sho’rxok cho’llar bilan band. Tog’larda och tusli va qoramtir kashtan tuproqlar, Elburs va Sulaymon tog’lari yonbag’irlarida o’rmon qo’ng’ir tuproqlari uchraydi. O’simlik qoplamida tog’ cho’liga va quruq dashtlarga xos kserofitlar formasiyasi hukmronlik qiladi. Ular ichki tekisliklarda, platolarda, kam yog’in tushadigan tog’ yonbag’irlarida quruq iqlimga moslashgan holda o’sadi. Kserofit flora tarkibida astragallar, akantolimonlar, espartsetlar ko’p uchraydi. Gilli cho’llarda tropik mintaqaga xos akasiyalar, baland bo’yli boshoqli o’tlar, cho’l lishayniklari o’sadi.
Keng bargli o’rmonlar Janubiy Kaspiy pastekisligida va Elburs tog’ining 2000 m balandlikkacha bo’lgan shimoliy yon bag’irida o’sadi. Ularning tarkibida kashtanbargli eman, boshqa turdagi emanlar, buk, grab, gledichiya, doimiy yashil shamshod, temir daraxti ko’pchilikni tashkil etadi. Turkman-Xuroson, Paropamiz va Sulaymon tog’larida pistazorlar, daraxtsimon mojjevelniklar uchraydi. Balandda ular butazorlar va Al’p o’tloqlari bilan almashinadi. Daryo vodiylari bo’ylab qamishzorlar, yulg’unzorlar va oleandrazorlar polosasi cho’zilgan. Dengiz sohillarida, vodiylarda va tog’ etaklarida yirik vohalar joylashgan. Janubiy hududlarda shakar qamish, finik palmasi plantasiyalari bor. Ichki tekisliklarda va tog’larda antilopa jayron, tog’ echkisi, tog’ qo’yi, yovvoyi cho’l mushugi, chiya bo’ri va kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Tog’ o’rmonlarida qo’ng’ir ayiq, kosulya, yo’lbars, qoplonlar uchraydi. To’qayzorlarda yovvoyi cho’chqa, janubiy cho’llarda g’izol, bengal echkemari, mangustalar bor. Daryo va ko’l-bo’yi chakalakzorlari qushlarga boy.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin