Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə186/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

O’rta Sibir yassi tog’lari. O’rta Sibir tabiiy geografik o’lkasi Sibirning markaziy qismida Yenisey va Lena-Aldan daryolari oralig’ida joylashgan. U Shimoliy Muz okeani sohillaridan Janubiy Sibir tog’ etaklarigacha cho’zilgan. O’lkaning materikdagi eng shimoliy nuqtasi Chelyuskin burni, Severnaya Zemlya arxipelagida esa Arktika burnidir. Maydoni 4 mln km2 atrofida. O’lka uchun keskin kontinental iqlim, keng tarqalgan doimiy muzloqlar, muzloq tayga tuproqlari, rel’efining kuchli kesilganligi tufayli kenglik zonalarining G’arbiy Sibirdagiga nisbatan noaniq ifodalanganligi, landshaftlarning balandlik zonalligi kabilar xarakterli.
O’lkaning katta qismi joylashgan Sibir platformasining poydevori arxeyda vujudga kelgan. Proterozoyda va baykal orogenezida o’lkaning burmali poydevori shakllangan. Platforma metamorflashgan qadimiy cho’kindi jinslardan tarkib topgan va ko’pgina joylarda granit intruziyalari yorib chiqqan. Bu jinslar yer yuzasiga chiqib, shimolda Anabar kristall massivini, janubi-sharqda Aldan qalqonini hamda Yenisey va Turuxan ko’tarilmalarini vujudga keltirgan. Poydevorning massivlari va ko’tarilmalari keng, chuqur tektonik botiqlar bilan bo’linib ketgan. Ular paleozoy va mezozoyning cho’kindi jinslari bilan to’lgan Lena-Xatanga, Tunguska va Vilyuy botiqlaridir. Kaledon orogenezida Severnaya Zemlya va Taymirning shimoliy qismidagi burmali strukturalar vujudga kelgan, Sibir platformasining geologik tuzilishini o’ziga xos xususiyati lava qoplamlari - trappalarning keng tarqalganligidir. Trappalarning umumiy maydoni 1 mln km2 dan ortiq, qalinligi 1200-1500 m ga teng. U Rossiya platformasidan ana shu xususiyati bilan farqlanadi. O’rta Sibir yassi tog’ligida keng tarqalgan temir, platina, mis, nikel ruda konlari, polimetallar grafit, oltin, olmos va bir qancha foydali kazilmalarning hosil bo’lishi vulkanik jinslarga bog’liq. Botiqlarda esa neft va toshko’mir konlari joylashgan.
O’rta Sibir yer yuzasining hozirgi qiyofasi Al’p bosqichining tektonik harakatlari natijasida shakllangan. Shu davrda Birranga, Putorana, Anabar va Yenisey massivlari faol ko’tarilgan, Shimoliy Sibir va Markaziy Yoqutiston pastekisliklari ancha cho’kkan. Daryo vodiylarida supachasimon past-baland terrasalar ko’p tarqalgan. O’lka hududida yassi tog’lik rel’efi hukmronlik qiladi. Unint katta qismi O’rta Sibir yassi tog’ligi bilan band. Yassi tog’likning dengiz sathidan o’rtacha balandligi 400-600 m ni tashkil etadi. Eng baland nuqtasi Putorana tog’larida 1701 m ga yetadi. Yassi tog’likka sharq tomondan Markaziy Yoqutiston pastekisligi va shimol tomondan kenglik bo’ylab cho’zilgan Shimoliy Sibir pastekisligi tutashgan. Pastekislikdan shimol tomonda joylashgan Taymir yarim orolida Birranga tog’lari (Lednikovaya, 1146 m) qad ko’tarilgan. Yassi tog’likning g’arbiy qismida Yenisey va Angara kryajlari, Tunguska, Angaraorti, Lena-Angara platolari, janubi-sharqiy qismida Lenabo’yi platosi, Aldan tog’lari ajralib turadi.
O’rta Sibirning asosiy iqlim xususiyatlarini uning geografik o’rni -Shimoliy Osiyoning o’rta qismida joylashganligi, iliq dengizlardan uzoqligi, Shimoliy Muz okeanining ta’siri va boshqa omillar belgilaydi. O’lkaning iqlimi keskin kontinentalligi bilan G’arbiy Sibir va Sharqiy Yevropa tekisliklari iqlimidan keskin farq qiladi. Iqlimining kontinentalligi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon kuchayib, Markaziy Yoqutistonda maksimal miqdorga yetadi. Qishda materik yuzasining qattiq sovushi natijasida O’rta Sibirning katta qismi Osiyo antisiklonining baland bosimi ta’sirida bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati juda past, o’lkaning janubi-g’arbida -20°S ni, shimoli-sharqida -40°S ni, Yoqutistonda esa -45°S ni tashkil etadi. Qishda barqaror ob-havo tarkib topib, sovuqli kunlar uzoq davom etadi. Yozda O’rta Sibir ustida past atmosfera bosimi shakllanib, iyulning o’rtacha harorati yuqori bo’ladi. Jumladan, tayga zonasining shimoliy chegarasida o’rtacha harorat +11°+12°S dan Yoqutistonda +19°S gacha ko’tariladi. Haroratning minimal ko’rsatkichi botiqlarda -64°-68°S gacha pasaysa, maksimal ko’rsatkichi
+35°S gacha ko’tariladi. Atmosfera yog’inlarining aksariyat qismi yozning ikkinchi
yarmiga to’g’ri keladi. Sovuq faslda esa yog’in juda kam bo’ladi. Turli yillarda yog’in miqdorining keskin o’zgarib turish odati xarakterli. Masalan, qurg’oqchil yillarda Dudinkada yog’in miqdori 125 mm dan, yomg’irli yillarda 350 mm gacha o’zgarsa, Krasnoyarskda yillik yog’in miqdori 127 mm dan 475 mm gacha o’zgaradi. O’lka hududida keskin kontinental iqlim oqibatida ko’p yillik muzloq yerlar keng tarqalgan. Doimiy muzloqlar Quyi Tunguska va Vilyuy vodiylaridan shimolda keng tarqalgan. Ularning qalinligi Xatanga qo’ltig’i sohillarida 800 m ga, Marxa daryosi havzasida (Markaziy Yoqutiston) 1500 m ga yetadi. Janubda muzloqlarning tarqalishi orollar shaklida bo’lib, ularning qalinligi janubga tomon 50 m dan 5-10 m gacha kamayib boradi. Ko’p yillik muzloq yerlar o’lka tabiatidan xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni bir muncha qiyinlashtiradi.
O’rta Sibir daryolar to’ri yaxshi rivojlangan. Daryolari asosan Yenisey va Lena tizimlariga qaraydi va Shimoliy Muz okeani havzasiga quyiladi. Bulardan tashqari o’lkaning Pyasina, Taymira, Xatanga, Popigay, Anabar va Olenyok daryolari to’g’ridan-to’g’ri Kara va Laptevlar dengizlariga quyiladi. O’rta Sibir daryolari iqlim sharoitiga qaramasdan juda sersuv. Ular qor suvlaridan, yozgi yomg’ir suvidan va ko’p yillik muzloq yerlarning erigan sizot suvlaridan to’yinadi. Daryolarning ko’pchiligi oktyabrda, janubda noyabrning boshlarida muzlaydi va bu davr 6-7 oy davom etadi. Yillik suv oqimining 90-95% i iliq-issiq davrga va qolgan 5-10% sovuq davrga to’g’ri keladi.
Enisey daryosi G’arbiy va Sharqiy Sayan tog’laridan boshlanib, Kara dengizining Yenisey qo’ltig’iga quyiladi. U o’rta oqimida O’rta Sibir yassi tog’ligidan boshlanuvchi Podkamennaya Tunguska, Quyi Tunguska daryolarini, Baykal ko’lidan boshlanuvchi Angara daryosini qabul qiladi. Yeniseyning uzunligi 4092 km, havzasining maydoni 2600 ming km2 ga yaqin, o’rtacha yillik suv sarfi 19800 m3/sek. Lena daryosi Baykalbo’yi va Zabaykale tog’laridan boshlanib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uning eng yirik irmoqlari Aldan va Vilyuy daryolaridir. Lenaning uzunligi 4400 km, havzasining maydoni 2500 ming km2 atrofida, o’rtacha yillik suv sarfi 17 000 m3/sek. Lena yuqori qismida tik yon bag’irli vodiylardan oqib o’tadi. Lena-Vilyuy pastekisligida daryo vodiysi kengayib, eni 25- 30 km gacha yetadi. Daryo dengizga quyilish joyida ko’plab tarmoqlarga bo’linib, maydoni 30000 km2 bo’lgan del’ta hosil qiladi. O’rta Sibirda ko’llar G’arbiy Sibirdagiga nisbagan ancha kam tarqalgan. Ko’llarga Markaziy Yoqutiston, Shimoliy Sibir, Taymir pastekisliklari va Putorana tog’lari boy. Eng katta ko’l Birranga tog’lari etagida joylashgan Taymir ko’lidir. Uning maydoni 4650 km2, maksimal chuqurligi 26 m. Ko’l akvatoriyasi fasllarga qarab o’zgarib turadi. Putorana tog’larida Pyasino, Lama, Keta, Xantay kabi tektonik ko’llar joylashgan. Markaziy Yoqutistonda termokarst yo’li bilan vujudga kelgan mayda ko’llar keng tarqalgan, yer osti suvlariga ham boy. Uning doirasida Tunguska, Xatanga, Yoqutiston, Angara-Lena artezian havzalari joylashgan.
O’rta Sibir o’lkasi tuproq-o’simlik qoplamining zonal ifodalanish xarakteriga ko’ra G’arbiy Sibir pastekisligidan farq qiladi. Uning tuproq-o’simlik zonalari Arktika sahrosi, tundra, o’rmon-tundra, tayga va orollar shaklida tarqalgan o’rmon- dashtlardan tarkib topgan. Balandlik amplitudasi katta bo’lgan shimoliy hududlarda
balandlik mintaqalari vujudga kelgan. Quyi Tunguskaning quyi qismidagi tog’larda 400 m balandlikkacha qoramtir igna bargli tayga, yuqorida yorug’ igna bargli tilog’och o’rmonlari, 700-800 m dan yuqorida tog’ toshloq tundrasi joylashgan. Mazkur o’lkada eng ko’p tarqalgan o’simlik tipi tayga o’rmonlaridir. Tayga zonasi o’lkaning 70% hududini ishg’ol etadi. Uning g’arbida Sibir tilog’ochi, Chekanovskiy tilog’ochi, sharqida Dauriya tilog’ochi keng tarqalgan. Qoramtir igna bargli o’rmonlar g’arbda va janubda uchraydi. O’rmonlar tagida gileyli-muzloq- tayga, chimli-o’rmon va chimli podzol tuproqlari rivojlangan. O’rmon-dashtlarda orollar shaklida bo’z o’rmon tuproqlari va qora tuproqlar uchraydi. Birranga, Putorana tog’larida va Anabar massivida tog’ tundra tuproqlari mavjud. Arktika sahrolarida moxlar, lishayniklar, tundra lolasi, toshyorar, ayiqtovonlar uchraydi. Tundrada moxlar va lishayniklar keng tarqalgan. Pastqam joylardagi gipn o’tli botqoqliklarda qiyoq va momiqboshlar o’sadi.
O’lka faunasi G’arbiy Sibir faunasiga nisbatan boy va xilma-xil. Ayniqsa bu yerda tayga o’rmonlari faunasiga mansub bo’lgan mo’ynali hayvonlar - olmaxon, sobol, kolonka, tulki, oqsichqon, ondatra, nutriya va boshqalar ko’pchilikni tashkil etadi. Tuyoqli hayvonlardan shimol bug’usi, los, Putorana tog’larida qor qo’yi ovlanadi. O’tloq dashtlarda uzun dumli yumronqoziqlar ko’p uchraydi. Qushlardan qarqur, chil, qora qarg’a, kasatka-o’rdak, churraklar yashaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin