Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot


Sayfi Saroiy lirikasining janr xususiyatlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/25
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#131836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1-15 ONA TILI BOYSUN

Sayfi Saroiy lirikasining janr xususiyatlari
Reja:

  1. Sayfi Saroiy haqida tushuncha

  2. Sayfi Saroiy lirikasining janr xususiyatlari

Sayfi Saroyi – o’zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq og’zaki poetik ijodini mukammal o’rgangan, g’azalnavis shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. U Xorazm yaqinidagi Qamishli (Sarqamish) qishlog’ida hunarmand – qurolsoz oilasida tug’ilgan. Markaziy Osiyoda mo’g’ullar istilosi davrida yashagan, o’z vatanini tark etishga majbur bo’lgan, umri darbadarlikda kechgan. Dastlabki bilimini o’z yurtida olgan Sayfi (bu so’zning ma’nosi “qilich” demakdir) Oltin O’rdaning markazi Saroyda uni davom ettiradi. Bu erda u qunt bilan o’qib, shoir sifatida taniladi. Bu haqda uning o’zi quyidagilarni yozadi:
Qamishli yurt mening tuvg’on elimdi,
Biling, g’urbatga kelturg’on bilimdi.
Kelib bo’ldum saroyda she’r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.
Urushlar tufayli Sayfi Saroyi dastlab Eronga, keyin Turkiyaga boradi. U umrining oxirlarida Misrga borib, o’sha joyda taxminan 1396 yilda vafot etgan. Shoirning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi bebahodir. O’zidan oldingi yashab ijod etgan shoirlar ijodini o’rganib, Sayfi Saroyi quidagi misralarda ijod maydonini bog’ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog’dagi qushlarga qiyos qilib, ikki guruhga ajratgan:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog’, Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g’azallari, qasida, qit’a, ruboiyi, masnaviylari, “Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda “Gulistoni bit–turkiy”(1390-91) yetib kelgan. “Sindbodnoma” ni o’zbek tiliga qilingan tarjimasi saqlanmagan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) “Turk adabiyoti namunalari”da berilgan.
Sayfi Saroyi Sa’diyning “Guliston” asarini o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilib, yarim original, falsafiy – axloqoiy “Gulistoni bit–turkiy” asarini yaratgan. Sa’diy asarining asosiy mag’zini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan toldirgan. Asar 8 bobdan iborat bo’lib (1 – bob “Sultonlar haqidagi hikoyatlar”, 2 – bob “Faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar”, 3 – bob “Qanoatning foydasi haqidigi hikoyatlar”, 4 – bob “Sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar”, 5 – bob “Ishqdagi yigitlik sifati haqidigi hikoyatlar”, 6 – bob “Qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida”, 7 – bob “Tarbiyaning ta’siri haqida”, 8 – bob “Suhbat odoblari haqida”), har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning ko’pchiligi didaktik mazmunda, ya’ni shoir pand – nasihat qilish yo’li bilan adolat va osoyishtalik o’rnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonun – qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq – atvorini yaxshilash mumkin, deb fikr yuritadi. Shu maqsadda to’g’rilik, rostgo’ylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targ’ib etadi. Asardagi hikoyatlardan biri – “Iso Mo’jizasi”. Uning mazmuni quidagicha:
Hikoyat. Biz salomlar yo’llaydigan Iso payg’ambarga bir kimsa kelib aytdi: “Ey ollohning rasuli, o’likka o’qisa tiriladigan duoni menga o’rgatishingni tilayman”. Iso alayhissalom aytdi: “Qo’y, bu savdodin, kechgin, yo’qsa ziyon qilasan”. U aytdi: “Albatta o’rgatishing kerak”.
Iso alayhissalom baxillik qila bilmadi: o’rgatdi. U kishi o’rganib ketar ekan, ko’rdi: bir erda quruq suyaklar yotipti. Aytdi: “Bu duoni bunga o’qib boqaychi – tirilarmikan” deb o’qidi. U arslon suyaklari ekan. Tirilib u kishini parcha – parcha qilib tashladi. Shu sababdan bu maqolni aytarlar:

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin