Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə28/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Optika labaratoriya

O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR

1. Qutblangan yorug’lik deb qanday yorug’likka aytiladi?


2. Solishtirma burilish nima va u moddaning agregat holatiga bogliqmi ?
3. Yarim soyali polyarimetrning tuzilishi va ishlash prin­sipini tushuntirib bering.
4. SU-4 saxarimetrining tuzilishi va ishlash prinsi­pini tushuntnrib bering.

11- laboratorin ishi


POLYARIZATSION MIKROSKOPNI O’GANISH
[ 15.498-541]


Ishning maqsadi: polyarizatsion mikroskopning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish, turli poroshoklarning sindirish ko’rsatkichini aniqlash, kristallarda bo’lgan tur­li hodisalarni o’rganish va suyuq kristallarniig ba’zi strukturalarini kuzatish.


ASBOBNING TAVSIFI

Polyarizatsion mikroskopning tuzilishi bilan uning yo’riqnomasi asosida tanishib chiqaylik. Mikroskop rasmi­da belgilashlar keltirilmagan. Tekstdagi izohlarni yo’­riknomadan o’rganiladi. Mikroskop T tubus va A shtativdan iborat bo’lib (29-rasm), tubusining ichiga ustki B nikol analizator va to’plovchi yorug’lik dastasida qutblanish hodisasini o’rganish uchun ishlatiladigan G Bertran linzasi joylashgan. Analizator va linza tubusning kovaklaridan chiqariladigan qilib joylashtirilgan. T tubusda mikro­skopga kompensatorlar kiritishga mo’ljallangan D kovak ham qo’yilgan. Tubus T va Z vintlar yordamida ko’tarib tu­shirilishi mumkin. Z-mikrometrik vint kichik siljishlar­ni ta’minlashga mo’ljallangan. Vintdagi har bir bo’lim tu­busning 0.001-0.003 mm siljishiga mos keladi. Mikroskop ob’ektivi jag’lari ob’ektiv halqasidagi chiqib turgan "tirnoqni" ilintirib olingan prujinali qisqich bilan kesiladi. Shu detalning o’zida ob’ektivni markazlashtiruv­chi moslama ham mavjud. Agar okulyardagi krestning nuqtasi predmet stolchasi I ning aylanish o’qi bilan mos tushsa, ob’ektiv markazlashgan bo’ladi.



29-rasm
Stolcha o’z o’qi atrofida aylanishi mumkin, buning uchun K vint bo’shatib qo’yiladi. Kuzatilayotgan predmet plastin­kasi yordamida stolchaga maxkamlanadi. Mikroskopning pa­stki optik sistemasi M ko’zgu, O diafragmali N polyariza­tor va K kondensordan iborat.
Ko’pincha kuchli yigilgan yorug’lik dastasi hosil qilish uchun K kondensordan yuqoriroqqa qo’shimcha kondensor­li linza ham kiradi. S vint esa, kesishgan va parallel nikollar bilan kuzatish olib borishda polyarizatorni zarur vaziyatda o’rnatish uchun ishlaydi. Yoritish sitemasini mahsus R vint yordamida to’la bo’shatish va pastga tushirish mumkin. Bundan tashqari ishlatiladigan nikollar o’tkazayotgan yorug’lik tebranishining yo’nalishini hamma vaqt bilib tu­rish uchun okulyar kresti bilan izolyator va analizator o’tkazayotgan yorug’lik tebranishini va tarqalishini tekshirib turish zarur. Krest aylanish joydagi qora slyuda kristalliga qarab tekshiriladi, chunki slyudaning qatlam­lari aniq ajralib turadi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin