Mehnatning intensivligi- jismoniy, ruhiy va aqliy energiyaning vaqt
birligidagi sarflanish darajasi; ishchining sifatli va to‘laqonlik natijaga erishish uchun
ketgan vaqt oralig‘ida sarflagan mehnat miqdorida ifodalanadi. Mehnat intensivligi
oshgan sari ishlab chiqariladigan tovarlar miqdori ham ortib boradi, mahsulot
birligining qiymati esa o‘zgarmaydi. Mehnatning intensivlik darajasi mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning normal intensivligi ish
vaqtidan samarali foydalanish, mehnatning qat’iy reglamentlashtirilishi va
me’yorlashtirilishi, uni muhofaza qilishning takomillashuvi, fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini joriy qilish, mehnat va hordiqning optimal rejimlariga asoslanadi.
Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti- yil davomida yangi ishga
tushirilgan asosiy fondlar qdolari tng fondlarning kelgusi yil ohiridagi qiymatiga
nisbati.
Asbob-uskunalar va mashinalarning almashish koeffitsienti- mashina va
asbob-uskunalar ish holatida bo‘ladigan bir sutkadagi (chorak, yil va hokazo)
smenalarning o‘rtacha soni. Almashuv koeffitsientining ortishi mashinalardan
foydalanish intensivligi oshiradi va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiradi, asbob-
uskunalarning ma’naviy va jismoniy eskirish muddatlarini yaqinlashtiradi. Hozirgi
paytda qurilish korxonalarida almashish koeffitsienti past bo‘lib, 1,1-1,4 dan
oshmaydi.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi- asosiy fondlarning fan-texnika
taraqqiyoti natijasida, texnik va texnologik yangiliklar, yangi mashinalar ishlab
chiqilganda, yangi materiallar, yangi texnologik rejimlardan foydalanishga o‘tilganda
o‘zining dastlabki ekspluatatsion xususiyatlarini yo‘qotishi. Natijada o‘rnatilgan
asbob-uskunalardan foydalanish mehnat, pul va boshqa resurs harajatlari foyda
keltirmay qo‘yadi, hali o‘z resursini to‘liq ishlab tugatmagan asbob-uskunalarni
almashtirishga to‘g‘ri keladi. Ma’naviy eskirish yangi mahsulot turlari ishlab
chiqilganda, uni ishlab chiqarishga o‘tish asbob-uskunalarni almashtirish yoki
o‘zgartirishni talab qilganda ham yuz beradi.