O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə128/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Direktiv rejalarda tasdiqlangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi majburiy bo‘ladi.
Indikativ reja - axborot, yo‘nalish xarakteriga ega bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalar rejasikapital qurilish rejasining etakchi bo‘limidir. U
tarmoqlar bo‘yicha ham, hududlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi va xalq xo‘jaligining
mutanosib va kompleks rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Loyiha-tadqiqot ishlarini rejalashtirish- kapital qurilishni rivojlantirishning
muhim tarkibiy qismidir. U loyiha-tadqiqot tashkilotlarining davlat topshiriqlari va
turli investorlarning buyurtmalari asosida shakllanadigan tematik ish rejalari asosida
amalga oshiriladi.
Qurilish ishlab chiqarishi va qurilish-montaj tashkilotlari quvvatini 
rivojlantirish rejasi- umummilliy kapital qurilish rejasining muhim qismidir. Ushbu
rejasi shakllantirish va amalga oshirish nuqtai nazaridan uni shartli ravishda ikki
qismga ajratish mumkin. Birinchisi qurilish ishlab chiqarishi rejasi. Unga tarmoqlar
va hududlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining jami hajmi kiradi. Ikkinchidan,
qurilish-montaj tashkilotlari quvvatini rivojlantirish, bu bozor munosabatlari
sharoitida qurilish-montaj tashkilotlarining asosiy vazifasi bo‘lib, unda mavjud
imkoniyatlarga asoslanish lozim.
Texnik-iqtisodiy yoki yillik rejalashtirish - tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishining yillik rejasi, ya’ni avvallari qurilishning moliyaviy rejasi, ya’ni
“stroyfinplan” deb atalgan rejani ishlab chiqishdan iborat. Unda pudrat
tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyatidagi eng muhim ko‘rsatkichlar aks
ettiriladi.
Operativ-ishlab chiqarish rejalashtirishda yillik rejadagi vazifalarni nisbatan
qisqaroq ish muddatlari uchun aniqlashtiriladi. U qurilish ishlab chiqarishining
maromini yo‘lga qo‘yadi, salbiy nuqtalarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bataraf qilish
choralarini ko‘radi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin