185
inshootlar qurishga, asbob-uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, sinovlar
o‘tkazish va hokazolarga sarflanadigan harajatlar).
Transport zahiralari- to‘lov talabnomasi to‘langan kundan yukning korxona
omboriga kelib tushgan kunigacha bo‘lgan davr.
Joriy zahira- ishlab chiqarish jarayonining o‘zluksizligini ta’minlashga
qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga teng bo‘lishi kerak. Joriy
zahiraning miqdori o‘rtacha kunlik harajatlarga va xom ashyo, materiallar,
konstruksiyalar va hokazolarning qanchalik tez-tez etkazib berib turilishiga bog‘liq.
Sug‘urta zahirasita’minotdagi va transport faoliyatidagi o‘zilishlarning,
etkazib berish muddatlari bo‘zilishining oldini olish uchun zarur. Sug‘urta
zahirasining qiymati joriy (ombordagi) zahira uchun belgilangan aylanma vositalar
me’yorining 30-50 foizi atrofida bo‘lishi mumkin.
Aylanma vositalarning xususiy manbalariqatoriga korxonaning foydasini,
uning nizom kapitalini, shuningdek, qo‘shimcha va zahira kapitalini kiritish mumkin
bo‘lib, ular ayniqsa korxonani boshqarishning aksionerlik shakli sharoitlarida ko‘proq
ko‘zatilishi mumkin.
Qarz mablag‘lari- bu chetdan, turli moliyaviy manbalardan jalb qilinadigan va
odatda qaytarish sharti bilan ma’lum bir to‘lov (foiz stavkalari) evaziga olinadigan
mablag‘lardir. Ma’lum kelishilgan shartlar asosida jismoniy va huquqiy shaxslardan
qarzga olingan mablag‘lar ham qarz mablag‘lar tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: