I Tashkiliy qism. a) salomlazshish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi “Yol qoidasi” mavzusida suhbat.
d) ingliz tili daqiqasi 63. sixty -three, 64 - sixte – four.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantirish.
III Yangi mavzu bayoni 1.Bo’lish qanday bajarilganini ko’rib chiqing.
Tushuntirish: 8 932 ni 319 ga bo‘lish kerak. Bo‘linmada ikkita raqam bo‘ladi, chunki 893 > 319. O‘nliklarni bo‘lamiz: 893 o‘nlik — birinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi. 893 o‘nlikni 300 ga bo‘lamiz, 2 chiqadi. 2 – sinash raqami. Uni tekshirib ko‘ramiz. Ko‘paytiramiz: 319 ni 2 ga, 638 hosil bo‘- ladi. 2 raqami to‘g‘ri keladi. Uni bo‘linmaga yozamiz. Ayiramiz: 893 o‘nlikdan 638 o‘nlikni, 255 qoladi. Qoldiqni bo‘luvchi bilan taqqoslaymiz: 255 < 319. Demak, bo‘lishni davom ettirish mumkin.
Birliklarni bo‘lamiz: 255 o‘nl. — bu 2 550 birlik, yana 2 birlik. Hammasi bo‘lib 2 552 birlik. Bu ikkinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi. Bo‘lishni davom ettiring.
2) 12 780 soni 284 ga qanday bo‘linganini tushuntiring.
2. 14625 : 325 = 45 | 45216 : 628 = 72 | 62856 : 873 = 72
O’quvchilar misollarni mustaqil bajaradilar. Ular ishini nazorat qilish.
3. Masalalarni yeching va yechilish usulini taqqoslang.
1) Bir haydovchi yuk mashinasida 128 t, ikkinchi haydovchi esa 224 t qum keltirdi. Birinchi haydovchi 3 ta kam qatnadi. Har bir haydovchi necha marta qatnagan?
Yechish: 224-128 = 96 96 : 3 = 32 128 : 32 = 4 224 : 32 = 7
Jaavob: 1-haydovchi 4 marta, 2-haydovchi 7 marta qatnagan.
IV Mustahkamlash 2) Ikki haydovchi yuk mashinalarida qum keltirishdi. Birinchisi 7 marta, ikkinchisi 4 marta qatnadi. Birinchi haydovchi 96 t ko‘p qum keltirdi. Har bir haydovchi qancha qum keltirgan?
Yechish: 96: (7-4) = 32 32 ∙ 7 = 224 32∙ 4 = 124