130
ayni paytda biznesda yakka jarayonlar sifatida foydalaniladigan,
lekin biznesning yopilishi yoki ayrim aktivlar o‘tkazib berilgandan
keyin umumiy korxona sifatida ko‘zda tutishi mumkin.
Tugatish savdosi. Ushbu atama orqali biznesda birgalikda
foydalaniladigan aktivlar guruhi biznes yopilganidan so‘ng, alohida
sotish uchun taklif etilgandagi holat yoritiladi.
Foydalanish (utilizatsiya) qiymati. Ushbu atama orqali
aktivning, u yaratilgan maqsadlar uchun uning iqtisodiy hayotining
tugatilgandagi qiymati yoritiladi. Bunday aktiv hali ham muqobil
foydalanish yoki chiqindilarni qayta ishlash uchun qiymatga ega
bo‘lishi mumkin.
Misol uchun: faoliyat yurituvchi korxona hisoblangan biznes
maxsus tomon uchun bitta qiymat, maxsus tomonlar o‘rtasidagi
ishga oid qo‘shma harakatlar (biznes-sinergiya) bazasida boshqa –
adolatli qiymat, shuningdek, bozor qiymatiga ega bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun «bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning
bozor qiymati», «aktivlarni tugatish uchun bozor qiymati» yoki
«bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning adolatli qiymati»
ifodalari yordamida asosiy baholash bazasini ma’lum qilish lozim.
Yoritib berilganlardan tashqari, baholashning boshqa holatlari ham
bo‘lishi mumkin.
Sotuvchi majburan sotishi lozim bo‘lganda va tegishli marketing
muddatlari bilan ta’minlash imkoniyatlari bo‘lmagan holatlarda
«tezlashtirilgan savdo» atamasi tez-tez qo‘llaniladi. Ushbu
holatlardagi maqbul narx bozor qiymati ta’rifiga muvofiq kelmaydi.
Bunday holatlarda ega bo‘lish mumkin bo‘lgan narx sotuvchiga
o‘tkaziladigan bosim tabiati yoki tegishli marketing tadbirlarining
ta’minlanmaganligi sabablariga bog‘liq bo‘ladi. Bu, shuningdek,
sotuvchi uchun oqibatlar – ta’kidlangan muddat davomida sotish
uchun omadsiz xatti-harakatlarda aks etishi ham mumkin. Majburiy
sotishda sotuvchi qabul qilgan narx bozor qiymati ta’rifi bo‘yicha
taxminiy ko‘ngilli sotuvchidan kelib chiqadigan holatlarni emas,
balki maxsus holatlarni aks ettiradi. Bunday narx sotuvchi uchun
«aktivning investitsiya qiymati» ifodasi bo‘ladi.
131
Baholash bazalarining uchinchi toifasi nizom, tartibga solish
yoki shartnomaga muvofiq belgilangan bazalarni o‘z ichiga oladi.
Qonun bilan belgilangan qiymat bazalari ko‘pincha soliqqa tortish
maqsadlarida tayinlanadi. Qiymat bahosi yoki boshqa talablarni
aniqlash uchun tayinlangan xususiy shartnomalar namunalari tanlov
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan «narx» yoki ijara shartnomasiga
muvofiq amalga oshirilgan «to‘lovlar»ni ko‘rib chiqish maqsadida
mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Bozor qiymatidan farqlanuvchi barcha qiymat bazalari baholovchi
tomonidan aniq-ravshan tenglashtirilishi yoki baholash to‘g‘risidagi
hisobotga kiritilishi lozim bo‘lgan turli va qo‘shimcha taxminlarni
talab qiladi. Ayrim hollarda tegishli muqobil baholash bazasini
ta’minlab bo‘lmaydi (masalan, bunday baholash yanglishishga olib
kelishi yoki uni uchinchi shaxs tomonidan noto‘g‘ri talqin qilishga
imkon berishi mumkin bo‘lganda) va baholovchi topshiriqni
o‘zgartirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: