O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə43/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Tayanch so‘z va iboralar: bozor qiymati, investitsion qiymat,
sug‘urta qiymati, soliq qiymati, foydalanish (utilizatsiya) qiymati,
tugatish qiymati, maxsus qiymat, adolatli qiymat.
Nazorat savollari:
1. Bozor qiymati tushunchasi nima?
2. Qiymatlarning bir-birlaridan farqini tushuntiring.
3. Qiymatlarning foydalanish sohalarini keltirib o‘ting.
4. Hisobotlar tuzishda qanday qiymatlarga asoslaniladi?
IX bob. 
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI QIYMATINI 
BAHOLASH
9.1. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI QIYMATINI 
BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS USLUBIYOTI
Ko‘chmas mulk obyektlari va bozorini o‘rganish ularning
mohiyatini aks ettiruvchi so‘z va iboralarning tahlilini nazarda
tutadi. Fuqarolik kodeksida mulk obyekti sifatidagi ko‘chmas mulk



132
obyektining huquqiy munosabatlarini ko‘chmas mulk belgilab


beradi. «Mulk» atamasi aniq bir shaxsga tegishli mulkiy huquqlar
yig‘indisini ifodalaydi, ya’ni «mulk huquqi shaxsning o‘ziga
qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi» (O‘zR FK,
164-m.) tushuniladi. Binobarin, «ko‘chmas mulk» va «qo‘zg‘almas
mulk» tushunchalari, bu fuqarolik huquqining moddiy obyekti, bi-
rinchi navbatda, egalik huquqi mulk (ko‘chmas mulk) obyektining
huquqiy munosabatlarini, ya’ni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan
huquqlar yig‘indisini belgilaydi. Obyektlarning ko‘chmas mulkka
va ko‘char mulkka bo‘linishi (O‘zR FK, 83-m.) ularning jismoniy
mohiyatiga emas, balki huquqiy (qonuniy) jihatlariga asosan amal-
ga oshirilgan.
«Qo‘zg‘almas mulk – bu yer hamda unda joylashgan bino va
inshootlardan tashkil topgan har qanday mulkdir»
1
.
«...mulklar o‘z tabiati yo qo‘llanish sohasi hisobiga yoki te-
gishli predmetning tashkil etuvchisi sifatida ko‘chmas mulk bo‘lib
hisoblanadi»
2
.
«Qo‘zg‘almas mulk – real yer va butunlay moddiy mulkdir. Ular
yerusti va ostidagi yoki yerga biriktirilgan barcha moddiy mulklarni
qamrab oladi»
3
.
«Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yerosti boyliklari,
binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy
bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga no-
mutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin
bo‘lmaydigan obyektlar kiradi»
4
.
1
Оксфордский толковый словарь по бизнесу. – М.,1995. С. 543.
2
Кулагин М. Предпринимательство и право: опыт запада – М., 1992.
С. 110–115.
3
Розенберг Д. Инвестиции: Терминологический словарь – М., 1992.
С. 268.
4
O‘zR FK, 83-modda.



133
Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarda yer va u bilan bog‘liq bar-


cha narsalar haqida tushuncha beriladi. Ko‘chmas mulk obyektlari-
ni jismoniy mohiyatidan kelib chiqqan holda tasniflayotganda ularni
yer bilan bog‘liq va yerga bog‘liq bo‘lmagan guruhlarga ajratish
lozim.
O‘rta Osiyoda XIX asrgacha, odatda, ko‘chmas mulk bi-
lan birgalikda mulkdor boylarning yerga egaligini ko‘rsatuvchi
mulki, xo‘jaligi, harami tushunchalari keng tarqalgan. Sovet
davri iqtiso diyotida yaqin davrlargacha «ko‘chmas mulk» iborasi
qo‘llanilmagan edi, faqat tarixan «ko‘chmas mulk – ustida bino-
lar, inshootlar va boshqa ba’zi qurilishlari bor feodalizm zamonidan
qolgan yer uchastkalari» tushunilgan.
Ingliz tili atamashunosligi tarixi estate, property, real iboralari-
ning quyidagi ma’nolarini aniqlash imkoniyatini beradi:
AQSH ko‘chmas mulk bozorining zamonaviy nazariya va
amaliyotida jismoniy obyekt (real estate) va ko‘chmas mulk
bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni anglatuvchi tushunchalar
mavjud.
Binobarin, agar biz ko‘chmas mulk obyektlarining jismoniy
mohiyati haqida so‘z yuritsak, «ko‘chmas mulk obyekti» iborasini,
agar huquqiy munosabatlari (egalik huquqi, ya’ni egalik qilish, foy-
dalanish va tasarruf qilish) haqida o‘ylasak, «qo‘zg‘almas mulk»
yoki «ko‘chmas mulk» iboralarini qo‘llasak o‘rinli bo‘ladi:
– estate – mulk joylashish o‘rni, katta yer, mulk, boylik;
– property – mulk, egalik huquqi, xususiyat, sifat;
– real – haqiqiy, real, rostakam, natural, yasama emas, aldamchi
emas, real (yurid., iqt.), qo‘zg‘almas, moddiy, asl, moddiy (matemat.)
degan ma’noni bildiradi.
Yuqoridagi fikrlar quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:
Ko‘chmas mulkning inglizcha tushunchasi ma’no jihatidan bir-
biridan uzoq estate va property ishlatilganda mos ravishda jismoniy
obyekt va huquqlar yig‘indisi iboralari bilan ta’riflanadi, ulardan
har biri, o‘z navbatida, real iborasi bilan (egalik huquqi, ya’ni



134
egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) ma’nolarini ta’riflovchi


alohida tushunchalarni hosil qiladi.
«Ko‘chmas mulk» va «qo‘zg‘almas mulk» tushunchalari jismoniy
obyektni ta’riflashdan ko‘ra ko‘proq huquqiy munosabatlarni
belgilab beradi. Obyektlarning jismoniy mohiyati haqida so‘z
yuritilganda, ko‘chmas mulk va qo‘zg‘almas mulk tushunchalaridan
ko‘ra ko‘chmas mulk obyektlari tushunchasini qo‘llash to‘g‘riroq
bo‘ladi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin