O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MULKNI



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə8/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

1.5. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MULKNI 
BAHOLASH MILLIY STANDARTLARI
O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risidagi Qonunga
asosan mulk obyektlari quyidagilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari,
ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar
va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning
topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari, asbob-
uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar,
qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish
qobiliyati.
Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy
g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini
yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar
O‘zbekiston Respublikasining maxsus Qonunlari bilan tartibga
solinadi.
Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga
oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan
belgilanib beriladi.
Mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari /mahsulot
va daromadlar, qonun yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir
1
.
1
O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risidagi Qonuni. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda;
1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda.



38
Mazkur mulklar bilan mulkiy munosabatlarga kirishish uchun


esa baholash xizmatiga ehtiyoj seziladi. Ushbu jarayonda baholash
standartlaridan foydalaniladi. Baholash standartlari o‘zaro bog‘liq
me’yor va qoidalar majmuyidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni
belgilaydi:
– baholash tushunchalari va prinsiplarini;
– baholash faoliyatida qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflarni;
– qiymat turlariga qo‘yiladigan talablarni;
– boshlang‘ich axborotga qo‘yiladigan talablarni;
– baholashni o‘tkazish tartibini;
– baholash usullarining qo‘llanish xususiyatlarini;
– baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarni;
– boshqa talablarni.
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga
qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritishni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Raqobat qo‘mitasi
amalga oshiradi.
Mulkni baholash Milliy standartlari «Baholovchilar ishi sifatini
nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar»
O‘zbekiston Respublikasining «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotno-
masi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Birin-
chi Prezidenti ning 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli «Baholovchi
tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi
qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,

2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq, baholovchi tashkilotlarning


ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni ham belgilaydi.
Mulkni baholash milliy standartining asosiy maqsadi – baholov-
chi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yon-
dashuv va tamoyillarini, shuningdek, mazkur qoidalarni qo‘llashda
ichki nazoratni tashkil qilish va tartibga solish talablarini bir xil-
lashtirishdir.



39
Mulkni baholash milliy standartining asosiy vazifalari quyidagi-


lardan iborat:
a) baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarini ishlab chiqishning
yagona tamoyillarini belgilash;
b) ichki qoidalarni ishlab chiqishda baholovchi tashkilotlarga
qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilash;
d) baholovchilar va baholovchi tashkilotlarning boshqa xodim-
lari tomonidan ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan ich-
ki nazoratni amalga oshirish tartibini tavsiflash.
Barcha baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishi
va amalda qo‘llashi majburiydir. Baholovchi tashkilotlarning baho-
lash faoliyatini amalga oshirishga doir kasbiy yo‘nalishlar doirasiga
kirmaydigan masalalar bo‘yicha tartibga soluvchi ichki hujjatlar-
ning shakli, mazmuni va tayyorlashni tartibga solishni maqsad qilib
olmagan.
Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari deyilganda, baholovchi
tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishda
samaradorlikni ta’minlash va mazkur faoliyatni O‘zbekiston
Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
talablariga muvofiq holda yuritish maqsadida qabul qilinib,
tasdiqlangan baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga
doir yagona talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi. Baholovchi
tashkilot baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablaridan
kelib chiqqan holda, baholash faoliyatini amalga oshirish, baholash
hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzishga doir o‘z yondashuvini aks
ettiruvchi ichki qoidalar bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirishi
zarur.
Mulkni baholashning ma’lum sohasida baholash faoliyatining
standartlari, baholashni o‘tkazishga doir batafsil uslubiy qo‘llanmalar
va yondashuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, baholovchi tashkilotlar
ichki qoidalarni ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan o‘ziga
xos jihatlarni hisobga olgan holda xalqaro baholash standartlariga
amal qiladilar.



40
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy


standartlarida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qo‘shimcha
tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita ko‘rsatmalar berilgan
taqdirda, baholovchi tashkilot mazkur ko‘rsatmaning birinchi
navbatda bajarilishini ta’minlashi shart.
Baholovchi tashkilotning ichki qoidalarini tayyorlashning
namunaviy tartibi va namunaviy shakli 7-son Mulkni baholash
milliy standartining 1 va 2-ilovalarida keltirilgan. Ishlab chiqilgan
qoidalar (uslubiy qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, nizomlar)
uslubiyot kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi va
keyinchalik baholash tashkiloti rahbariyatiga tasdiqlash uchun
taqdim etiladi.
Baholash obyektlarini baholash ushbu Qonunda, qonun
hujjatlari va standartlar asosida, nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiriladi.
Baholashni o‘tkazish davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida
qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan
taqdirda, shu jumladan:
– baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish,
xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga
berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
– baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foyda-
lanilayotganda;
– baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga
boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;
– baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan
boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
– baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga
ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.



41
1.1-jadval



Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin