Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə13/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
10-sinf chyot

Ichki qo ‘shinlar — Ichki ishlar vazirligi tarkibida tashkil qilingan bo‘lib, uning asosiy vazifalari militsiya organlari bilan hamkorlikda, aholi yashay- digan joylarda toifalangan xalq xo‘jaligi korxonalari va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashkilotlar, idoralar, muassasalarni jinoyatchi- likdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan muhofaza qilishdan iboratdir.

Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar, tashkilotlar hamda harbiy tuzilmalarning asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos vazifalarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish va inson hayotini ta’minlovchi xalq xo‘jaligi korxona va muassasalarini qo‘riqlash hisoblanadi.

Harbiy boshqaruvning asosiy organlari

Davlat mudofaasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy tadbirlar maj- muyidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, vazirliklar, idoralar, davlat hokimiyati, korxonalar, muas- sasalar va tashkilotlarning vakolatlarini belgilab berdi.




33
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident respublika mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat manfaatlariga qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda

2 - 4901

uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi; Qurolli Kuchlarning tuzilishi, ularning stra- tegik rejasini tasdiqlaydi; Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi.

Prezident vakolatlariga umumiy yoki qisman safarbarlikni, respublikaga qurolli hujum qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, urush davrida me’yoriy aktlarni joriy etish va ular faoliyatini to‘xtatish; mudofaa sohasidagi davlat organlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish; harbiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish va xalqaro protokollarni imzolash; harbiy lavozimlarga yuqori unvonli ofitserlar tarkibidan shaxslarni tayinlash; ularga harbiy va maxsus unvonlar berish kiradi.

Qonunchilikda Oliy Majlis harbiy sohadagi vakolatlari doirasiga mudofaa konsepsiyasini, Harbiy qasamyodni, Prezident tavsiyasiga binoan, Mudofaa vazirini tasdiqlash, harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni harbiy xizmatga safarbar qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish, harbiy holatni joriy etish, qurolli tajovuz qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, harbiy harakatlar to‘xtatilganda tinchlik bitimini tuzish, tinchlik, xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro protokollarga doir majburiyatlarni bajarish, zarur bo‘lib qolganda, Qurolli Kuchlarni qo‘llash to‘g‘risidagi Farmonlarni tasdiqlash, harbiy masalalar bo‘yicha respublika xalqaro protokollarini ratifikatsiyalash yoki ular o‘z kuchini yo‘qotgan, deb e’lon qilish, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoniga oliy harbiy unvon berish kabilar kiritildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta’minlash bo‘yicha o‘ziga bo‘ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qilish, Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash; Mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlar hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan respublika fuqarolarining soni hamda harbiy va muqobil xizmatga chaqiriluvchilarning harbiy hisobini olib borish; harbiy xizmatga chaqirish va haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni zaxiraga chiqarish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini to‘plash rejalarini tasdiqlaydi; xalq xo‘jaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga o‘tkazishga rahbarlik qiladi; harbiy xizmatchilar, iste’fodagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini, shuningdek, xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan, vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari, moddiy, maishiy va nafaqa ta’minoti masalalarini hal etadi; harbiy-hunar ta’limiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta harbiy o‘quv yurtlarini tuzadi va ularni tugatadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni vazirliklar, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralari vakolatlari doirasiga harbiy buyurtmalarni bajarayotgan vazirliklar va idoralar boshqaruvining topshirilgan tarmoqlarida mudofaa ehtiyojlariga mo‘ljallangan zarur mahsu- lotlarning yetkazib berilishi uchun, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun javobgar bo‘ladi, tarmoq harbiy davrda safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq, barqaror ishlashini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.

Hokimiyatlar va mahalliy boshqaruv idoralari xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash sohasidagi qonunlarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘ladilar; harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlar yetkazib berilishi hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini amalga oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunal- maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar; mudofaa manfaatlarini ko‘zlab qonunlarga muvofiq, yer ajratib beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar; qonunlarda belgilangan tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy o‘quv yurtlari, korxona va tashkilotlarga xizmat binolari va turar joylar ajratib beradilar, harbiy obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ular oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-harakatlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radilar.



  1. bob. HARBIY XIZMATCHILAR VA ULAR ORASIDAGI MUNOSABATLAR. HARBIY INTIZOM

Tarixdan ma’lumki, buyuk sarkardalar o‘z qo‘shinlarini idora etishda muayyan qonun-qoidalarni joriy etishgan. Bunga asos qilib, Amir Temurning tuzuklarini keltirishimiz mumkin. U o‘z tuzuklarining ikkinchi qismida sipohiylarni ushlab turish, ularni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan. Amir Temurning davlat va armiyani boshqarishdagi tajribalari dunyo mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilgan. Tuzuklar 1628-yilda Hindistonda, 1783-yil Angliyada, 1868-yili Eronda, 1894-yili Rossiyada chop etilishi buning yorqin dalilidir. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarning armiyalari Nizomlariga oz bo‘lsa-da, asos solgan.

Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatchilarning hayotini, kundalik turmush faoliyatini, shaxsiy shart-sharoitlarini tashkil etish, axloq me’yor- lari va harbiy intizomni mustahkamlash hamda harbiy xizmatni tashkil etish va o‘tash yo‘l-yo‘riqlarini izga soluvchi, shuningdek, qism va bo‘linmalar jangovar harakatlari asosini belgilab beruvchi rasmiy me’yoriy-huquqiy hujjat — bu umumharbiy Nizomlar.

Harbiy Nizomlar jangovar Qurolli Kuchlar qism va bo‘linmalari turlari- ning jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarini olib borishini belgilab beradi. Umumharbiy Nizomlar harbiy xizmatchilarning o‘zaro munosabatlari, ularning umumiy, lavozimiga oid majburiyatlari va huquqlari, ichki garnizon va qorovullik xizmatlarini o‘tash tartiblari va boshqalarni belgilovchi Qurolli Kuchlarning hamma turlari uchun umumiy qoidalardir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Farmoniga binoan, 1996-yil 9-oktabrda quyidagi asosiy umum­harbiy Nizomlar tasdiqlandi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi, 1996-yil 14-oktabrda esa, Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi amalga kiritildi.

Har bir nizom harbiy hayotning bir yo‘nalishini tartibga solib turadi. Masalan, Ichki xizmat Nizomida harbiy xizmatchilarning umumiy maj- buriyatlari va ular orasidagi munosabatlar, ichki tartib qoidalari, mansab- dor shaxslarning majburiyatlari, kundalik hayot va maishiy sharoitlar, harbiy xizmatchilarni joylashtirish, ular tomonidan ichki xizmatni olib borish masalalari aks ettirilgan.

Qurolli Kuchlarning Intizom Nizomi harbiy intizomning mohiyatini, harbiy xizmatchilarning unga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarini, rag‘batlantirish va intizomiy ta’sirlarning ko‘rinishlarini, komandirlar (boshliqlar)ning ularni qo‘llash bo‘yicha huquqlarini, shuningdek, taklif, ariza hamda shikoyatlar berish, ularni ko‘rib chiqish tartiblarini aniqlab beradi.

Umumharbiy Nizomlar ichida Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi alohida o‘rin tutadi. U qorovullik xizmatini jangovar vazifani o‘tash deb belgilab, xizmatni tashkil qilish va o‘tash, mansabdor shaxslar hamda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari, qo‘shin ishtirokida tadbirlarni o‘tkazish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Saf Nizomi safda turish va yurish usullari, qurol bilan hamda qurolsiz harakat qilish, kichik bo‘linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saf ko‘rigini o‘tkazish tartibi, harbiy xizmatchilarning safga turish oldidagi, safga turishdagi majburiyat- lari, ularni safda turish va yurishga o‘rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo‘qqisdan hujum qilgan vaqtidagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demo- kratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. Qurolli Kuchlarda barcha huquqiy va axloqiy me’yorlar umumiy harbiy nizomlarda mujassamlashganligi uchun har bir harbiy xizmatchi uni yaxshi o‘rganishi va rioya qilishi hamda mas’uliyat bilan bajarishi lozim. Nizom harbiy yutuqlar garovi hisoblanadi. Harbiylar orasida gap bor: «Nizom bo‘yicha xizmat qilsang, hurmat-e’tibor qozonasan!»



  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin