Katta va kichik boldir suyaklari (70- ) o‘zaro proksimal va distal uchlari hamda tanalari orqali birlashadi.
OYOQ PANJASI SUYAKLARINING BOLDIR SUYAKLARI BILAN O‘ZARO BIRLASHUVI
Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi bo‘g‘im yuzalari bilan oshiq suyagining ustki va ikki yon tomondagi yuzalari qo‘shilishidan oshiq-boldir bo‘g‘imi – art. talocruralis hosil bo‘ladi. Bunda katta boldir suyagining pastki uchidagi bo‘g‘im yuzasi oshiq suyagining ustki yuzasiga, boldir suyaklaridagi to‘piq yuzalari esa oshiqning ikki yon yuzasiga to‘g‘ri keladi. Birlashgan boldir suyaklari oshiq suyagiga minib turadi. Bu bo‘g‘im xaltasi old va orqa tomonda birmuncha erkin (bo‘sh) tortilgan bo‘lib, har uchchala qo‘shiluvchi suyaklar bo‘g‘im yuzalarining cheti bo‘ylab yopishgan. Xaltaning erkin turishi harakatni yengillashtiradi.
Bo‘g‘im to‘rtta boylam vositasida mustahkam-langan: 1) lig. mediale deltoideum (deltasimon boylam) katta boldir suyagi to‘pig‘idan boshlanadi va xuddi yelpig‘ich singari pastga tushadi-da,
qayiqsimon suyak, oshiq suyagi va tovon suyagiga yopishadi; 2) lig. talofibulare anterior –
oldingi oshiq-boldir boylami, kichik boldir suyak to‘pig‘idan boshlanib,
oshiq suyagiga yopishadi; 3) lig. calcaneofibulare (tovon-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan boshlanib, tovon suyagining
tashqi yuzasiga yopishadi; 4) lig. talofibulare posterius (orqa oshiq-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan oshiq suyagiga yopishadi.
Oshiq-boldir bo‘g‘imi g‘altaksimon bo‘g‘im bo‘lganidan harakat faqat bir o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida (63–66
o) orqaga va oldinga bukiladi. Ko‘ndalang o‘q boldir suyaklarining to‘piqlari va oshiq suyagi o‘rtasidan o‘tadi. Panja pastga tomon bukilganda uni ikki yon tomonga salgina harakatlantirish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: