O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

Sifat darajalari.


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darjalari, ularni ifodalovchi shakllar esa 
daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to’rt xil darajasi bor:
1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. 
Belgining odatdagi me’yorida
ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun 
asos bo’lib 
xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi. 
Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan 
sifat shakli 
orttirma daraja
shakli deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi 
yo’llar bilan hosil 
bo’ladi:
1) oddiy daraja shaklidagi sifdat oldidan eng, g’oyat, juda, nihoyatda, bag’oyat
so’zlari keltiriladi: juda 
qizil, g’oyat shirin.
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan
takrorlanadi: bus-
butun, kap-
katta, to’ppa
-
to’g’ri.
Belgining me’yoridan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat
shakli qiyosiy
daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -
roq qo’shimchasi
yordamida yasaladi. 
Belgining me’yordan kam ekanlig
ini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma daraja shakli 
hisoblanadi. Ozaytirma shakli oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, 
picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish 
orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, -ish 
qo’shimchala
ri yordamida 
ham ozaytirma daraja 
shakli yasaladi: ko’kish, ko’kimtir.
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) xususiyat; 2) rang-
tus; 3) ma’za
-tam; 4) hajm-
o’lchov;
5) hid bildiruvchi; 6) makon-zamon belgisini 
bildiruvchi sifatlar 
Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, 
vazni, o’lchovi
va shaklini bildirgan sifatlar hajm-
o’lchov sifatlari, o’rin va
vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan
sifatlar 
makon-zamon
sifatlari deyiladi. 
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-
ta’m bildirgan
sifatlar maza-
ta’m sifatlari, hidini bildirgnan sifatlar 
hid sifatlari
deyiladi. 
Sifatga 
bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning
ma’nosi ham sifatga
yuklanadi. Natijada sifat OTLASHIB, egalik, kelishik
ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish
xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan
sinatktik vazifalar
da keladi: Yaxshidan bog’ qoladi, 
yomondan dog’.
SON 
Narsalarning son-
sanog’ini va tartibini bildirib, “qancha?”, “necha?”,
“nechanchi?” so’roqlariga 
javob bo’ladigan so’zlar son deyiladi.
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori 
yoki tartibini 
bildiradi. Shunga ko’ra sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dona, chama, taqsim,
jamlovchi, kasr 
sonlarga bo’linadi.
Sanoq son
. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar 
yozuvda, ko’pincha, 
arab raqami bilan yoziladi. 1,2,3,55,67…

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin