Tayanch so`zlar: ma’no, leksik, lug’aviy, grammatik, o’zak, affiks, uslubiy, bir ma’no, ko’p ma’no.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.So’z ma’nolari deganda nimani tushunasiz?
2.Lug’aviy ma’no nima?
3.Grammatik ma’no nima?
4.Bir ma’noli so’zlar deganda nimani tushunasiz?
5.Ko’p ma’noli so’zlar deganda nimani tushunasiz?
Topshiriqlar
1-Topshiriq: O‘zbek xalq maqollarini ko‘chirib oling, o`z ona tilingizdagi muqobilini toping.
Aqldan ortiq boylik yo’q.
Aytilgan so`z - otilgan o‘q.
Botirning mushti ham yarog‘.
Bilsang gapir, bilmasang eshit.
O‘z yurting - o‘lan to`shaging.
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Vatanni sevmoq iymondandir.
O`zga yurtda shoh bo‘lguncha,
O‘z yurtingda gado bo‘l.
2-Topshiriq:1.O’qing.So`z ma`nolariga va ma`no ko`chishiga e`tibor bering.
Bog’imiz bog’day bo’ldi
Tol ekdik, terak ekdik, Ko’klam: ekmaslik yomon
Hammasi kerak, ekdik. Shaftoli, shotut, jiyda
Olcha, gilos, olxo’ri, O’z joyin topdi juda.
Olmazor-bog’ning to’ri Bog’imiz bog’day bo’ldi
Nok nashvati-bir tomon- Ko’nglimiz tog’day bo’ldi.
3-Topshiriq: Xandalarni o’qing. So`z ma`nolarini tushuntiring.
-O’g’lingiz yaxshi o’qiydimi?-deb so’radi bir ayol qo’shnisidan.
-Ha,- javob berdi qo’shnisi.- U hamma fanlarni yanada chuqur o’rganish uchun bir sinfda 2 yildan o’qityapti.
***
O’qituvchi:- Erkin, o’quvchilarning maktabda ko’pincha aytadigan so’zlari qaysi?
Erkin:- Men bilmayman.
O’qituvchi:- Barakalla, juda to’g’ri topding.
Dostları ilə paylaş: |