1. Metafora – biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirishdir: shartli o’xshashlik – qush qanoti (o’z ma’no)- samalyot qanoti ( ko’chma ma’no). Belgi o’xshashligi –yengil eshik (o’z ma’no) – yengil ta’zim (ko’chma ma’no). Harakat o’xshashligi –ipni uzmoq (o’z ma’no) – qarzni uzmoq (ko’chma ma’no).
2. Metonomiya– narsa, belgi va harakatlar o’rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko’chishdir. Bu aloqadorlik o’rin yoki vaqt jihatidan bo’lishi mumkin. O’rin: Zaloyoqqa turdi (odamlar). Vaqt: Fuzuliyni oldim qo’limga…(asarlari).
3.Sinekdoxa – shaxs yoki predmetning qismini aytish bilan o’zini tushunish yoki o’zini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma’no ko’chishdir. Besh qo’l barobar emas. Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan tuyog’imiz…(A.Qodiriy).
4. Kinoya – so’zlarning aks ma’noda qo’llanishidir. Yozunda bunday ko’chishlarni tushushtirish uchun qo’shtirnoqqa olamiz: Shunaqa “do’stlar”-dan kamroq bo’lgani ma’qul.