O‘zbek tili



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə23/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

e’zoz почёт, уважение




4-mashq. Tushuntirish xatining namunasini o‘qing. Nutqiy qoliplarning qo‘llanishi bilan tanishing. Shu asosda o‘zingiz tushuntirish xati namunasini yozing.



Tushuntirish xati


Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 45-maktab direktori
J.Salimovaga
11-B sinf o‘quvchisi
S. G‘aniyevadan

Men 2018-yil 4-aprelda onam betob bo‘lib qolganliklari tufayli darslarga kela olmadim.


Ilova: Onamning kasalligi haqidagi shifokor ma’lumotnomasi.

2018-yil 5-aprel


(imzo) S. G‘aniyeva


5-mashq. Yuqorida berilgan namuna va so‘z birikmalaridan foydalanib, tushuntirish xati yozing.

Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotgani uchun, no- sozligi tufayli, imkoniyati yo‘qligi tufayli, ob-havo o‘zgarganligi munosabati bi- lan, xabar berilmaganligi sababli, ruxsat berilmaganligi bois.




Uyga vazifa. Sinf rahbaringizga «Tushuntirish xati» yozing.
  1. dars


Adabiy o‘qish
8-topshiriq. Matnni o‘qing. So‘zlab, savollarga javob bering.


Halima Xudoyberdiyeva

(1947)


Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-may- da Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan.
«Otam, – deb eslaydi shoira, – adabi- yotga ixlosmand odam bo‘lib, o‘rtoqlari bilan tez-tez yig‘ilishib turishardi. Ular chaqchaqla- shib suhbat qurib, kitobxonlik qilganlarida uyimizda tongotar bazm bo‘lardi.
Qiblagohim otam kitoblar qiroatini jo- yiga keltirib, g‘alati, yurakni larzaga kelti-
ruvchi bir xonish bilan o‘qirdilar. Ijodkor bo‘lib, ozgina nimagadir erishgan bo‘lsam, buning uchun men ota-onamning poyiga bosh qo‘yib, ko‘nglimni izhor qilmog‘im lozim».
Halima Xudoyberdiyeva o‘rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat uni- versitetida ta’lim oldi. So‘ngra «Saodat» jurnalida avval bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari va keyinchalik bosh muharrir sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Shoira ijodida uning so‘nggi yillarda yaratgan ikki she’riy to‘plami –
«Bu kunlarga yetganlar bor» va «To‘marisning aytgani» alohida qimmatga ega.
Halima Xudoyberdiyeva o‘zining «Muqaddas ayol» nomli she’riy to‘p- lami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1992-yilda esa unga «O‘z- bekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berilgan.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin