Majnuntol
Majnuntol, ey, egib shox Sen kimlarga sir aytding. Baridan bo‘ldim ogoh,
O‘n aytdingmi, bir aytding.
Siringni suvga solma, Bargingdan g‘am arisin. Bir siringni ololmay Yosh dunyolar qarisin.
Sen ham ko‘zin yoshini
Hech kim ko‘rmas bir naysan. Faqat ishqing yashirib Mendek yig‘layolmaysan.
-
Lug‘at
|
|
majnuntol – плакучая ива
|
qarimoq – стареть
|
sir – тайна, секрет
|
nay – музыкальный инструмент
|
arimoq – исчезать
|
типа свирели
|
Uyga vazifa. She’rni yod oling.
dars
1-topshiriq. Rasm asosida suhbatlashing. Berilgan so‘z va so‘z birik- malari ishtirokida gaplar tuzing.
Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: san’atkor, o‘ymakorlik, du- radgorlik, san’at turlari, ganch ustasi, zargarlik, naqqoshlik san’ati.
2-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing.
Ustoz, naqsh degani nima?
«Naqsh» arabcha so‘z bo‘lib, tasvir, gul ma’nolarini anglatadi. U element- lari ma’lum tartibda takrorlanadigan qush, hayvon, o‘simliklar, geometrik shakl- lar va boshqalarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.
Naqshlar qanday turlarga bo‘linadi?
Naqshlar mazmuniga ko‘ra o‘simliksimon, geometrik naqshlarga, gulli, guruh, ramziy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Men oq matoga naqshlar chizib ipak iplar bilan ustidan tikib chiqaman. Bunday kashta tikishni buvimdan o‘rganganman. Naqsh haqida ma’lumot ber- ganingiz uchun rahmat.
1-mashq. Abdulla Qahhor hikoyalaridan berilgan parchalarni o‘qing.
Ichki va tashqi monologik nutqlarni qiyoslang va yozing.
Kampir uning tovushini eshitmadi. U o‘zicha gapirib borar edi: «Burungi zamon bo‘lsa, mana shu maxluqqa tegmasdan ilojing yo‘q edi, desam, Adolat ishonmaydi, o‘lay agar ishonmaydi!» («Qizlar» hikoyasidan.)
San’atkor izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan o‘zi g‘uldirab borar edi. Uyda ham tomog‘idan hech narsa o‘tmadi – ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib ta’sir qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yo- mon bo‘lsa, nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tan- qid qilg‘ulari kelipti... Obbo!..» («San’atkor» hikoyasidan.)
3-topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering.
Dostları ilə paylaş: |