Alisher Navoiy jahon adabiyotida salmoq- li o‘rin egallaydi. Uning juda ko‘p ilmiy, tari- xiy asarlaridan tashqari, g‘azal va dostonlarining o‘zi bir necha yuz ming misrani tashkil qiladi. Navoiy she’rlarini o‘z ichiga olgan «Chor de- von» 47 ming misradan iboratdir. Badiiy ijodning go‘zal namunalarini to‘plagan «Xamsa» asari 60 ming misraga yaqin she’rni o‘z ichiga oladi. Navoiyning 6 mingga yaqin forscha g‘azallari ham bor. Navoiygacha deyarli barcha shoirlar forsiy tilida ijod qilar edilar. Turkiy tilda yozish ayb sanalar va o‘zbek tilida yozilgan asarlarni sa- roy ahli tan olmas edi. Navoiy shunday bir sha- roitda «Muhokamat ul-lug‘atayn» nomli mashhur
asarini yozib, o‘sha davrda «turkiy» deb atalgan qadimgi o‘zbek tilining fors tilidan ham boy, rang-barang ekanini isbot qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Shuning uchun Alisher Navoiyni o‘zbek adabiy tilining asoschisi deymiz. Bu haqda uning o‘zi shunday deb yozgan edi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
-
Lug‘at
|
|
salmoqli – весомый
|
saroy ahli – придворные
|
namuna – образец
|
deyarli – почти
|
tan olmaslik – не признавать
|
|
Dostları ilə paylaş: |