O‘zbek tili



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə8/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

isbot qilmoq – доказывать

5-mashq. Matnni o‘qing, o‘zingiz bilgan qo‘shimcha ma’lumotlar asosida dostonlar mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.

«Xamsa» Alisher Navoiyning shoh asaridir. У 51230 misradan tashkil top- gan besh dostondan iborat. «Xamsa» – besh doston yozish o‘sha davrdagi ijod- korlar uchun bir an’ana edi.


Navoiy «Хamsa»sining birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati») bo‘lib, u axloqiy ta’limiy maqolatlardan iborat. Ularda eng yaxshi insoniy fazilatlar haqida fikr yuritiladi va har biri haqida turli hikoyatlar kelti- riladi.
«Xamsa»ning ikkinchi dostoni «Farhod va Shirin» bo‘lib, ushbu doston- da ilm va hunarni egallash, insonparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlik taran- num etiladi. «Xamsa»ning uchinchi dostoni – «Layli va Majnun»da pok mu- habbat, «Sab’ayi sayyor» («Yetti sayyora»)da muhabbat, sadoqat mavzulari yoritilgan. «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori»)da odil shoh g‘oyasi ilgari suriladi.


6-topshiriq. Masalni o‘qing. Matndagi ko‘chirma gaplarni ifoda maq- sadiga ko‘ra turlarga ajrating.

Sher bilan Durroj

Kunlardan bir kun Durroj «Men tuzoqqa tushdim!» – deb sherni alda- di. Sher uning aldaganini ko‘rib: «Boshqa bunday ish qilma, yolg‘onchi- dan barcha nafratlanadi», – deb nasihat qildi. Biroq Durroj quloq solmas, yolg‘onchilikni, aldashni qo‘ymas edi. Bir kuni u chindan tuzoqqa ilindi va:


«Meni tutib oldilar!», – deb qattiq qichqirdi. Sher: «Bu gal ham Durroj meni aldayapti», – deb uni qutqarishga bormadi.




7-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmuniga o‘z munosabatingizni bildiring.


Ikki do‘st haqida hikoyat


(«Hayrat ul-abror» dostoni, 7-maqolat)
Fors mamlakatida ikki do‘st Chin sari yurish qilishni istab qoldilar. Biri azaldan qanoatli kishi bo‘lib, ikkinchisi uning aksi edi. Yo‘lda borar ekanlar, bir katta toshni ko‘rdilar. Uning yarmi yer- da-yu, yarmi yuqorida edi. Unga «Kim mehnat qilsa, toshni aylantirib o‘z joyi- ga qo‘ysa, yozilgan bir yozuvni ko‘radi va bu vodiydagi bir ostona ostida katta boylik yashiringanidan xabardor bo‘lib, unga ega bo‘ladi. Kimki mehnat qilib, alam tortishni istamasa, uning uchun sabr-u qanoat baridan yaxshiroq», deb yozib qo‘yilgan ekan.
Qanoatsiz odam bu xabarni o‘qigach,
boylikka ega bo‘lish uchun tosh ostini qazishga tushdi, qanoatli esa beparvo bo‘lib o‘tirardi. U o‘sha atrofni tomosha qilish bilan band bo‘ldi. «Mening qanoat boyligidek boyligim bor, bu mehnatdan qanday naf tegardi? Tangri ehson beraman desa, tosh yorilib ham boylik chiqaveradi», deb xayol sur- di-da, erta turib shahar tomon yo‘naldi, shaharga kiradigan bir necha darvo- za bo‘lib, u shaharga birinchi bo‘lib kirdi. Hamma u birinchi bo‘lib kirgan darvoza tomon intilardi.
Bu elda shunday bir odat bor ekanki, mamlakat podshosi narigi dunyo- ga rixlat qilgan bo‘lsa, a’yonlar bu gapni shahar xalqidan yashirin tutishar ekan, kimki shaharga hammadan oldin kirsa, uni podshoh saylab, boshiga toj qo‘ydirishib, barmog‘iga oltin uzuk taqishar ekan. Bu safar ham xuddi shunday hol yuz berib, haligi musofirni shoh etib sayladilar.
Uning tosh ostini qaziyotgan do‘sti esa og‘ir mehnatni bajarib bo‘lgach, toshni yoniga ag‘darib qarasa, toshdagi xatda «Xomtama bu dunyoda alam




Lug‘at





Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin