O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə22/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Mulohazalar mantig‘i mulohazalarining ichki tuzilishini o‘rganishdan chetlashib, ularning o‘zaro mantiqiy aloqasini hisobga olgan holda muhokama etish jarayonini tahlil qiladigan formallashgan mantiqiy tizimdir. Mulohazalar mantig‘i tili alifbosi ifodalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o‘z ichiga oladi. Xususan, bu til alifbosi quyidagilardan tashkil topgan:
1. r, q, r – propozitsional o‘zgaruvchilar, ya’ni mulohazalar uchun simvollar.
2. Ù – kon’yunksiya belgisi; u o‘zbek tilidagi «va», «ham», «hamda» kabi bog‘lovchilarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ma’ruza tugadi (r) va uning muhokamasi boshlandi (q)», degan mulohazani pÙq shaklida ifoda qilish mumkin.
3. Údizyunksiya belgisi; u o‘zbek tilida «yo», «yoki», «yoxud» kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Elektr toki yo o‘zgaruvchan (r), yo o‘zgarmas bo‘ladi (q)», degan mulohaza pÚq shaklida yoziladi.
4. → – implikatsiya belgisi; unga o‘zbek tilida «Agar... bo‘lsa,... bo‘ladi», degan ifoda to‘g‘ri keladi. Masalan, «Agar talaba mustaqil ishlasa (r), o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi (q)», degan mulohaza p→q shaklida yoziladi.
5. ºekvivalentlik belgisi; unga o‘zbek tilida «Faqat va faqat shundaki...», degan ibora to‘g‘ri keladi. Masalan, «Faqat juft sonlargina (r) ikki ga qoldiqsiz bo‘linadi (q)», degan mulohaza rq tarzida yoziladi.
6. ù – inkor qilish belgisi. Masalan, «Ahmedov Anvar talabadir» (r) degan mulohaza inkor qilinganda «Ahmedov Anvar talaba emas» r mulohazaiga aylanadi, ya’ni r o‘zining inkori bo‘lgan  r ga o‘zgaradi.
Predikatlar mantig‘i – muhokama jarayonini mulohazalarning ichki tuzilishini hisobga olgan holda o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy tizimdir.
Predikatlar mantig‘i alifbosi mulohazalar mantig‘i alifbosiga yangi simvollarni qo‘shish orqali hosil qilinadi. Ular quyidagilar:

  1. a, v, s,..., – predmet nomlarini ifodalovchi simvollar, ular konstantlar deb ataladi.


  2. x, u, z,..., – predmetlarning umumiy nomlarini bildiruvchi simvollar.


  3. R1, Q1, R1... , Pn, Qn, Rn – predikatorlar uchun simvollar; bunda 1– bir o‘rinli predikatorni, n–n o‘rinli predikatorni bildiradi.


  4. Mulohazaning miqdorini bildiruvchi simvollar: "umumiylik kvantori; unga o‘zbek tilida «barcha», «har bir», «hech bir» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «Hech bir ota-ona o‘z farzandiga yomonlik tilamaydi», degan mulohaza (x)P(x) ko‘rinishida yoziladi.





Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin