O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


$ – mavjudlik kvantori; unga o‘zbek tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ba’zi kishilar yakka tartibda ishlaydi», degan mulohaza $



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə23/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

$ – mavjudlik kvantori; unga o‘zbek tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ba’zi kishilar yakka tartibda ishlaydi», degan mulohaza $ (x)R(x) ko‘rinishida yoziladi.
Mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘i natural xulosa chiqarish tizimi (yoki aksiomatik) tizim sifatida qurilishi mumkin.


TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR
  1. Til nima?


  2. Til va tafakkur o‘zaro qanday aloqada?


  3. Sun’iy til nima uchun kerak va u qanday yaratiladi?


  4. Fikrni formallashtirishning mohiyati nimada? Uning tafakkur shakllarini o‘rganish uchun qanday ahamiyati bor?


  5. Tilning semantik kategoriyalari nimalar?




4-bob. Bilish obyektlari va ularning tavsifi
Aqliy mushohada, tafakkurning to‘g‘riligi bilish obyektini aniq tasavvur qilish, turli tipdagi predmetlarni farqlay olishga bog‘liq. Unga e’tibor berilmasa, quyidagi tipdagi mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘yiladi: “Ba’zi olimlar – fiziklar”, “Barcha ilmiy darajasi borlar – olimlar”, demak, “Barcha ilmiy darajasi borlar – fiziklar”. Bu misolda predmetlarning turli sinflari (fiziklar sinfi, ilmiy darajasi bor olimlar sinfi va umuman olimlar sinfi) o‘rtasidagi munosabat to‘g‘ri aniqlanmagani sababli xulosa chiqarishda xatoga yo‘l qo‘yilgan (sillogizmning I – figurasi qoidalaridan biri buzilgan – har ikkala asosda olimlar sinfi to‘liq hajmda olinmagan; birinchi asosda u fizik olimlar bilan, ikkinchi asosda ilmiy darajasi bor olimlar bilan cheklab qo‘yilgan).
Fikr mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi uchun til belgilarining (so‘zning, gapning), ayniqisa, yakka va umumiy nomlarning ashyoviy mazmuni aniq belgilanishi kerak. Bunda bilish obyektlari qilib nafaqat real dunyodagi predmetlar (paxta), hodisalar (iqtisodiy krizis), jarayonlar (globallashuv), balki ularning xossalari (ingichka tolali), munosabatlari (jahon bozorida paxtaning bug‘doyga nisbatan qiymati), shuningdek, xayoliy, fikriy obyektlar (ideal gaz, mutlaq qattiq jism) olinishi mumkin. Lekin hozirda mavjud bo‘lmagan obyektlar haqida bildirilgan fikr virtual obyekt yoki ilgari mavjud bo‘lib, keyin yo‘qolib ketgan obyekt, masalan, tarixda bo‘lib o‘tgan urushlarga oid bo‘lishi mumkin. Bundan mavjud bo‘lmagan obyektlar to‘g‘risidagi fikrning subyektivligi kelib chiqmaydi, chunki u implikatsiya shaklida bo‘lib, obyektiv maqomga ega. Uning obyektivligi shundaki, tilimizdagi konvensiyalar yoki xohish-irodamizga bog‘liq emas. Demak, tafakkur uchun obyektning mavjudligi yoki mavjud emasligi muhim emas. Masalan, ikki ming yildan ko‘proq vaqt davomida matematika bevosita mavjud bo‘lmagan obyektlar, turli xil strukturalarni yaratadi va tadqiq etib kelmoqda. Bunday obyektlarning mavjudligi yaratiladigan teoremalar, ularning isboti orqali aniq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, bu kabi obyektlar mavjudligi keyin namoyon bo‘ladi. Buni inkor etish matematikaning real olam bilan bo‘lgan aloqasini inkor etishdan iborat bo‘ladi. Xullas matematika obyektlari mavjudligining taqozolanganligi va asoslanishi moddiy implikatsiyadan iborat bo‘lib, uni ifodalovchi fikr mantiqiy implikatsiya shaklida sodir bo‘ladi.
Matematikada foydalaniladigan umumiy g‘oyalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning ichida kengroq tarqalgani munosabatdan iborat. Ularning tabiatini aniq tushunish mulohazalar strukturasini o‘rganishda nihoyatda muhimdir. Masalan “kattaroq”, “sovuqroq”, “otasi bo‘lmoq” kabi iboralar munosabatni ifoda qiladi. Obyekt munosabatda shu holda bo‘ladiki, agar biz o‘z fikrimizda u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa obyektga ishora qilsak. “Napoleon Jozefinaning eridir”, degan mulohazada “eridir” iborasida Napoleon bilan Jozefinaning munosabatini qayd etiladi. Bunda munosabat keltirib chiqarayotgan termin referent, munosabat qaratilgan termin relatum deb ataladi. Bu ikki o‘rinli munosabat turidir1.
Obyektlar o‘rtasidagi munosabatlar bilish obyekti bo‘lishi sababli mantiqni munosabat turlari ham qiziqtiradi. Ular simmetriya va tranzitivlik o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda bog‘liqlikdan iborat simmetriya munosabatini yuqoridagi keltirilgan misol yordamida tushuntirish mumkin. “Napoleon Jozefinaning eridir” hamda “Jozefina Napoleonning xotinidir” degan mulohazalarda “eridir” bilan “xotinidir” soʻzlari teskari munosabatni ifodalaydi. Bunda ikkinchisi birinchisiga teskari munosabatdadir. Shuning uchun ham ular asimmetriya munosabatida deb hisoblanadi.
“Jon qancha yoshda bo‘lsa, Tom ham shuncha yoshdadir”, degan mulohazada Jon va Tomlar bir-biriga nisbatan aynanlik munosabatidadir. Bu simmetriya munosabatidan iborat. Simmetriya munosabati - bu shunday munosabatki, u teskarisiga aynan mosdir.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin